"Shinjonda ulkan temir devor qurish kerak"

Shinjondagi askarlar ishtirokidagi miting Image copyright AFP Getty Images

Shinjon Uygʻuristoniga borgan Xitoy Prezidenti Si Tszinьpin mintaqa xavfsizligini taʼminlash maqsadida "ulkan temir devor" barpo etishga chaqirgan.

Bu Xitoy rahbari Si Tszinьpinning oʻz lavozimiga oʻtirganidan keyin Shinjonga qilgan dastlabki safari boʻlgan.

Janob Sining ushbu chaqirigʻi Xitoyning oliy martabali xavfsizlik mulozimi mamlakat xavfsizligi duch kelgan "eng koʻzga koʻringan" mushkullik islomiy boʻlginchilar deb chiqqan kunga toʻgʻri kelgan.

China Daily roʻznomasi Xitoy aksilterror va xavfsizlik boʻyicha davlat komissari Cheng Guopingdan iqtibos eʼlon qilgan.

"Sharqiy Turkiston Mustaqil harakati Xitoyning barqarorligi, iqtisodiy taraqqiyoti va milliy xavfsizligi uchun eng koʻzga koʻringan mushkullik", deb aytgan xavfsizlik komissari.

Soʻnggi yillarda Xitoy rasmiylari Uygʻur millatiga mansub insonlarni ayblab chiqqan yuzlab qon toʻkilishi hodisalari yuz berdi.

Rasmiy Pekin zoʻravonliklarda Shinjonni Xitoydan ajratib olish maqsadini koʻzlagan islomiy jangarilarni ayblab keladi.

Biroq Uygʻur va xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, Xitoy rahbariyatining Uygʻurlarga nisbatan yuritayotgan siyosati oddiy insonlarni ham noilojlikdan protestlarga majburlayapti, deydilar.

Bundan bir hafta oldin Internetda video eʼlon qilingan, bu videoda goʻyoki Iroqda harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotgan "Islomiy Davlat"ga sodiqlik qasamyodini keltirgan Uygʻur jangarilari Xitoy ustiga oʻz bayroqlarini oʻrnatishlari, qon "daryo boʻlib oqishi"ni aytganlar.

Aksar kuzatuvchilar Uygʻurlardan tarkib topgan Sharqiy Turkiston Mustaqil harakati birlashishga qodir va Xitoyga tahdid yuzaga keltirish qoʻlidan keladigan guruh yoki yoʻqligini savol ostiga oladilar.

Xitoy matbuotida yaqin orada ekstremizmga qarshi qaratilgan yangi tartib-qoidalar joriy etilishi haqidagi xabarlar paydo boʻlgan.

Yangi tartib-qoidalar "ekstremizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish" maqsadini koʻzlagan deb yozgan Xitoyning davlat nazorati ostidagi The Global Times roʻznomasi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring