Oʻzbekiston qoʻshnilariga aksilchigirtka yordamlari

Chigirtkalar Image copyright AP

Tojikistonning Oʻzbekistonga chegaradosh ikki viloyati bahorgi ekin-tikin boshlanishi oldidan chigirtkalarga qarshi kurashda asqotadigan texnika va jihozlar olishgan.

Tojikistonning ziroat vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkilotidan 1 million 200 ming dollarlik koʻmak olgan.

Bular toʻrtta avtomobil, 37 mototsikl, maʼlumot toʻplash uchun foydalaniladigan 40 planshet, aloqa va ofis uskunalaridir.

Shuningdek, BMT Tojikistonga 15 avtomobil, dori purkagichlar oʻrnatilgan beshta traktor, qoʻlda va transport vositasiga oʻrnatish mumkin boʻlgan purkagichlar, pestitsidlar, qoʻl nasoslari va boshqa zarur uskunalarni taqdim etishni rejalashtirgan.

Soʻnggi yillarda chigirtka koʻpayishi, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikistonda katta maydondagi ekinlarni yeb bitirib, dehqonchilik, umuman mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazgani kuzatildi.

Oʻzbekiston qoʻshni Qozogʻiston va Tojikistonda koʻpaygan chigirtkalar oʻz dalalariga oʻtishi oldini olish choralarini koʻrishiga toʻgʻri keldi.

2015 yili BMT chigirtka yopirilishiga qarshi kurashda koʻmaklashish maqsadida Yaponiyaning JICA taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning uch mamlakati - Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga mablagʻ ajratishga qaror qildi.

Uch yilga moʻljallangan 4,85 million dollarlik loyiha hamon davom etmoqda.

Uch mamlakatning chigirtkaga qarshi kurash maqsadi koʻzlangan viloyatlarining deyarli hammasi Oʻzbekistonga qoʻshni va chigirtka oʻtishi ehtimoli mavjud hududlardir.

Bular - Tojikistonning Sugʻd, Xatlon viloyatlari, Qirgʻizistonning Botken, Jalolobod, Norin viloyatlari, Afgʻonistonning Balx, Bagʻlon, Qunduz, Samangon va Tahor viloyatlari.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring