Жанубий Корея Президенти кетди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Janubiy Koreya Prezidenti ketdi

Janubiy Koreyaning birinchi ayol Prezidenti Pak Kin Xe korruptsiya mojarosi tufayli lavozimidan chetlatdi.

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Bu Pak Kin Xe, Janubiy Koreyaning birinchi ayol Prezidenti.

Konstitutsion mahkama uni korruptsiya mojarosi tufayli lavozimdan chetlatdi.

U hozir Koreyaning rasman ishonchsizlik bildirilgan birinchi Prezidenti ham.

U dugonasining oʻzi bilan aloqalardan foyda koʻrishiga yoʻl qoʻyib berganlikda ayblanadi.

Dugonasi-Chxve Sun Sil yirik shirkatlardan pora olish aybi bilan mahkamada.

Mojaro Samsung kabi yirik shirkatlarni ham qamrab olgan.

Samsung rahbari Li Chje Yon ham korruptsiya aybloviga yuz tutmoqda.

Uchovlon ayblarni rad etishgan.

Mojaro Janubiy Koreyani boʻlib yuborgan.

Oxirgi oylarda Prezident tarafdorlari va muxoliflari namoyishlar oʻtkazishgan.

Pak xonim endilikda jinoiy ayblarga yuz tutishi mumkin.

Ikki oy ichida navbatdan tashqari prezident saylovlari boʻlib oʻtadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring