Amaldorlarga: ‘Hamma qarindoshingizni ishlating’

Александр Лукашенко Image copyright COURTESY

Bundayin buyruq bilan o'z mulozimlariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko chiqqan.

Belarus rahbari davlat amaldorlaridan barcha qarindoshlarini ishga joylashtirishlarini so'ragan.

Prezident Lukashenkoning bu talabi hukumatning, ta'bir joiz, "Tekinxo'rlar to'g'risida"gi farmoyishga bag'ishlangan payshanba kungi yig'inida yangragan.

Belarus rahbarining bayon qilishicha, amaldorlarning yaqinlari ham ishlamay va ham "tekinxo'rlar solig'i"ni to'lamay yura olishmaydi.

"Agar, ayolingiz yoki ma'shuqangiz xasta bo'lishsa - davolaymiz. Ammo mehnatga layoqatli bo'lishsa, u holda ishlating", - deb aytarkan, prezident Lukashenko, hozircha, biror bir amaldorining ismini aniq tilga olmay turishini qo'shimcha qilgan.

So'zining yakunida esa, buyrug'i ijrosi borasida 1 apreldan keyin o'ziga hisob berishlarini talab qilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Ta'bir joiz, "Tekinxo'rlar to'g'risida"gi farmoyishni Belarus prezidenti 2015 yilning aprel oyida rasman imzolagan.

Ushbu farmoyishga muvofiq, mehnatga layoqatli, ammo ishlamasdan, yarim yildan ortiqroq vaqt davomida soliq to'lamagan fuqaro har yil davlatga 20 eng minimal ish haqi hisobida to'lov to'lashi shart ko'riladi.

Bu to'lov shu bugunning hisob-kitoblarida $200 AQSh dollaridan sal ortiqroq mablag'ni ko'zda tutadi.

Agar, 21 fevral kungi rasmiy ma'lumotlarga tayanilsa, Belarusdagi davlat soliq idoralari xuddi shu to'lovni to'lab qo'yishlarini so'rab, yarim millionga yaqin mamlakat fuqarosiga bildirishnoma yuborishgan.

Ammo, xabarlarga ko'ra, ulardan bor-yo'g'i 50 mingdan ortiqrog'i bu buyruqqa bo'ysunishgan, xolos.

O'tgan uch hafta davomida esa, poytaxt Minsk va Belarusning qator yirik shaharlarida ushbu farmoyishga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tgan.

Rasman ruxsat etilmagan bo'lsa-da, Belarus muxolifati vakillari shu yo'l bilan o'z e'tirozlarini bildirishning uddasidan chiqishgan.

Agar, bugungi hisob-kitoblarga tayanilsa, Belarus aholisining soni qariyb 10 million kishini tashkil qiladi.

Aholi mehnatga layoqatli qismining asosiysi davlatga qarashli idoralarda ishlashadi.

Turli tadqiqodlarda esa, so'nggi yillarda Belarusda kambag'allik darajasi ortib borayotgani aytiladi.

Agar, internetda imkonli bo'lgan ayrim ma'lumotlarga tayanilsa, hozir mamlakat aholisining 5 foizdan ortiqrog'i nochorlikda hayot kechiradi.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber да: +44 78-58-86-00-02
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook- BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio
  • bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг