Video - "Ul taomni yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz"mi va yo...

Таом Image copyright video

Xom goʻshtga taʼbingiz qalay?

Yana maydalangan bir uyumini likopga solib, achchiq-chuchuk qaylalar bilan birga dasturxonga tortishsa...

Butunboshli yemakxonalarning xos taomlari roʻyxatiga kiritib, yaqinlaringiz bilan bir mazza qiling, deya, ixtiyoringizga havola etishsa.

Ha, xuddi shu tariqa taqdim etiluvchi xom goʻsht Efiopiyada eng sevib isteʼmol etiluvchi taomlardan biri ekan...

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Uni istalgan restorandan topa olishingiz barobarida, har qanday bayram dasturxonining ham koʻrki ekan.

Efiopiyada asrlardan buyon isteʼmolda boʻlgan bu toamning asl kelib chiqish tarixi maʼlum emas.

Ammo ayrim mutaxassislar uning yaralishini janglar bilan bogʻlashadi.

Goʻyoki pishirishga vaqti boʻlmagani bois, jangchilar goʻshtni shundayin xomligicha tanavvul qilishganu qoʻyishgan, deya ishoniladi.

Bugungi kun shifokorlarining ogohlantirishlaricha esa, goʻshtni xomligicha yeb boʻlmaydi, sogʻlik uchun jiddiy zarar qiladi.

Lekin yaqindagina olingan mana bu videotasvirlardan xulosa qilinadigan boʻlsa, efiopiyaliklar uchun ularning ogohliklari pisand emasdek koʻrinadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring