Video: "Farzandimni hech qachon Rossiyaga joʻnatmayman"

Oʻzbekistonlik migrant Sanjar Image copyright BBCUZBEK

Bugunga qadar Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondan Rossiyaga ish izlab kelayotgan mehnat muhojirlari soni pasaygani yoʻq.

Videolavhani BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

Moskva va Moskva viloyatining oʻzida ularning soni oʻn minglabdir.

Rossiyaga kelgach, ish va yashash uchun issiq joy topish ham mehnat muhojirining oʻz zimmasida. Ayni masalada omadi chopganlar, chopmaganlar bor.

Bir xonadonda 30 dan ortiq inson yashashi, baʼzi holatlarda esa, muhojirlar yertoʻlalarda istiqomat qilishlariga toʻgʻri kelishi ham hech kimga sir emas.

Kuzatuvchilar vaziyatni oʻnglash uchun Rossiya va mehnat muhojiri kelgan mamlakat oʻrtasida siyosiy yechimga ehtiyoj borligini taʼkidlashadi. Ammo hali hanuz bu borada koʻzga koʻrinarli qarorlar olinayotgani yoʻq.

Moskva viloyatida joylashgan yotoqxonada asosan Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondan kelgan migrantlar istiqomat qilishadi.

BBCUZBEK yotoqxonadagi mehnat muhojirlari bilan uchrashib, ularning muhojirotdagi hayoti, Oʻzbekiston haqidagi orzu xayollari haqida soʻragan.

Oʻzbekistonlik Sanjarning hikoyasi YouTube dagi kanalimizda

ASurxondaryodan Rossiyaga 17 yoshida kelgan Nuralining hikoyasi

"Muhojirning achchiq noni" loyihamizni kuzatib boring

O'zbekistonlik muhojir: 'Vatanni sevish kerak

Gʻurbatdagi gʻariblar yo 'Moskovobod' hikoyalari

"Turfa taqdirlar"

Yusuf Roziqov: "Moskva ko'z yoshlarga ishonmaydi"

Rustam Urazayev: "Chinorlari bor O'zbekistonni sog'inaman"

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring