Saudiya "qizlar kengashi"da faqat...erkaklar

Saudiya "qizlar kengashi"da faqat...erkaklar Image copyright Qassim Girls council
Image caption Saudiya "qizlar kengashi"da faqat...erkaklar

Saudiya Arabistonida "Xotin-qizlar kengashi"ni tashkil etish gʻoyasi xush qarshilangandi.

Odatda Saudiya ayollarning jamoatchilik orasida faol boʻlishini ragʻbatlantirmaydi.

Ammo Saudiya Arabistoni oʻz tarixida misli koʻrilmagan "Xotin-qizlar kengashi" tashkil qilganini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻlar ekan, bir muhim holatni nazardan qochirgan koʻrinadi...

Xotin-qizlar kengashining al-Qosim viloyatida taqdimot marosimida...xotin-qizlar yoʻq edi.

Al-Qosim viloyatida Xotin-qizlar kengashini katta sahnada taqdim qilindi.

Sahnadagi taqdimot marosimida ishtirok etayotgan 13 kishining orasida...biror nafar ham ayol kishi yoʻq edi.

Ayollarni boshqa xonaga joylashtirishgan va bu marosimga ularni video aloqa orqali ulashgan.

Faqat erkaklar tushgan rasmlar keyin ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketgan.

Bu esa Amerika prezidenti Donald Trampning homilani oldirishga qarshi qarorni faqat erkaklar ishtirokida imzolayotgani vaqti akslangan suratga oʻxshatildi.

Saudiya Arabistonida Xotin-qizlar kengashi shahzoda Faysal bin Mishal ibn Saud tomonidan taqdim qilindi.

U al-Qosim viloyatining hokimidir.

Image copyright AFP
Image caption Prezident Tramp va boshqa erkaklar bola oldirishga qarshi

"Viloyatimizda biz xotin-qizlarga singillarimizday munosabat qilamiz. Biz singillarimizga koʻproq imkoniyatlar berish masʼuliyatini his qilamiz", deb aytgan shahzoda.

Kengashga uning rafiqasi, malika Abir bint Salman raislik qiladi, ammo uning suratlari oshkor qilinmadi.

Mahramlik

Saudiyada mahram va nomahramlar oʻrtasiga farqlarga jiddiy eʼtibor qilinadi.

Bunga doir siyosat qattiqqoʻllik bilan hayotgan tadbiq etilgan.

Ammo Saudiya 2030 yilga qadar qabul qilgan yangi dasturida xotin-qizlarga nisbatan siyosat bir qadar yumshatilishi mumkin.

Ayni dasturulamalga koʻra, ishlaydigan ayollar soni 22 foizdan 30 foizgacha koʻpaytiriladi.

Xotin-qizlar kengashining taqdimot marosimida shahzoda Faysal Saudiya jamiyatining yarmini ayollar tashkil etadi, deb aytdi.

Ammo bu suratlarga qarab xulosa qilsangiz, shahzodaning soʻziga ishonish qiyin...

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring