Video - Yevropa: "Ishga hijobda kelish taqiqlanadi"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Yevropa: "Ishga hijobda kelish taqiqlanadi"

Yevropa Adolat Mahkamasi oʻz hukmini eʼlon qilgan.

Ishga diniy ramzlarda kelishni noqonuniy, deb topgan.

Seshanba kungi hukm ijtimoiy muloqot tarmoqlarida qorishiq munosabatlarga sabab boʻlgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Kimdir bundan gʻazabga kelgan, boshqasi nazdida "yaxshi ish boʻlgan".

Mahkama hukmi muslimalarning hijoblarini ham koʻzda tutgan.

Ish beruvchilar esa, bundan buyogʻiga ishchilarining ishga siyosiy, falsafiy va diniy mansublikni anglatuvchi ramzlarda kelishlarini taqiqlashga qonunan haqli boʻlishgan.

Mahkama jarayoniga hijobda kelgani bois, ishdan boʻshatilgan belьgiyalik xavfsizlik shirkati qabulxonasi xodimasining shikoyati sabab boʻlgan.

Frantsiya doxil qator yetakchi Yevropa davlatlarida allaqachon jamoatchilik joylarida niqobda koʻrinish berish rasman maʼn etilgan.

Yevropa Adolat Mahkamasining hukmi esa, muslimalarning endi toʻrt devor orasida qamalib qolishlariga olib keladi, degan jiddiy xavotirlarni uygʻotmay qolmagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring