Zoʻravonlik: Bogʻchadan soʻng navbat maktabgami?

Internetda tarqalgan videodan kadr
Image caption "San eshshak, ...ni qisib oʻtir", - deb haqoratlaydi oʻqituvchi.

Facebookda oʻqituvchining birinchi sinf oʻquvchilarini kaltaklashi va uyatli soʻzlar bilan haqoratlashi aks etgan video sizdirilgan.

Fargʻona shahridagi 10-maktab ekani aytilayotgan videoda oʻqituvchi jajji bolalarni kitob bilan urganini koʻrish mumkin.

Internet sotsial tarmoqlarida tarqalgan videoni Youtubedagi kanalimizda tomosha qiling

"San eshshak, ...ni qisib oʻtir. San mol palon qilayapti, qarang piston qilayapti, deysan. San oʻtirishni bilmaysan", - kabi soʻzlar bilan haqoratlaydi u.

Ayol oʻqituvchi har bir soʻzni aytayotganida oʻquvchilarni oʻgʻil boladan tortib qizgacha kitob yordamida ayovsiz ura boshlaydi.

Oʻqituvchi bir joyingni qisib oʻtir, degan soʻzni koʻcha jargonida bir necha marotaba takrorlagan. U oʻquvchilarga ochiqdan-ochiq tahdid qilgan.

"Orqaga birontang qarasang, kallangni orqaga burib qoʻyaman. Menga qarab yana bir marta toʻrsaygin, oʻldirib tashlayman. Putingni ikkiga yirib qoʻyaman. Men bu itlarni deb kompyuterlarni olib kelibman. Ketdi mana taʼrifing", - deya doʻq uradi u.

Bogʻchalardagi holat

Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati bogʻchalarida bolalarga shafaqatsizlarcha munosabat aks etgan video tarqalgandi.

Huquq-tartibot organlarining yashirin kamerasiga olingan ushbu videolarda bogʻcha xodimasi 3-5 yoshar bolalarni qoʻlida oshpichoq bilan qoʻrqitgani va jinsiy aʼzosini kesib olishga uringani aks etgandi.

Bu videolarda anglashilishicha, bir necha bogʻcha tunda fohishalar uchun makon vazifasini oʻtab bergan.

Shundan soʻng butun respublika boʻylab maktabgacha tarbiya muassasalarida tekshirishlar boshlangan.

Videoda aks etgan shaxslar javobgarlikka tortilgani haqida xabar tarqatishdi huquq-tartibot organlari.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring