Rossiya: Mingdan ortiq migrant Hajga bora olishi mumkin

Migrantlar Image copyright COURTESY

Rossiya Muftiylar Kengashi raisi muovini bildirishicha, Saudiya Arabistoni oʻzlarining soʻrovlariga ijobiy javob bergan.

Dastlabki kelishuvga asosan, Rossiyaga berilgan kvotadan 5 foizining migrantlarga ajratilishiga rozi boʻlgan.

Saudiya Arabistoni tomonidan bu yil Rossiyaga qayta oshirilgan kvota berilgan.

Unga muvofiq, Rossiyadan 20500 musulmonning Hajga bora olishi maʼlum boʻlgan.

Rushan Abbyasovning aytishicha, koʻzda tutilgan 5 foizlik kvota asosida bir mingdan oshiq markaziy osiyolik mehnat muhojiri Saudiya Arabistoniga bora oladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Ularning safarlari ham Umra va ham Haj ziyoratini koʻzda tutadi.

Ammo Rossiya Muftiylar Kengashi raisi muoviniga koʻra, boʻlajak ziyoratchilar migrantlar orasidan juda diqqat bilan tanlab olinadi.

Rossiyada yashash huquqiga ega, doimiy qaydda turgan va qoʻlida oʻz davlatining xorijiy pasporti boʻlgan markaziy osiyolik mehnat muhojirlarigina bu kvota asosida ziyoratga bora olishadi.

Bundan tashqari, migrantlarning qolib ketish maqsadida Saudiya Arabistonini koʻzlamayotganliklariga ishonchlari komil boʻlishi kerak boʻladi.

Shu bois ham, ular orasidan boʻlajak ziyoratchilarni saralash masalasiga oʻta ehtiyotkorlik bilan yondashiladi.

Bu jarayonda muftiyatlarning tavsiyalari ham inobatga olinadi.

Image copyright Thinkstock

Migrantlarning xolis niyatda ekanliklari chuqur oʻrganiladi, sayyohlik shirkatlari esa, Rossiya Muftiylar Kengashining tavsiyasi asosida ish olib borishadi.

Rushan Abbyasovning aytishicha, bu kabi tajriba musulmon davlatlarida keng tarqalgan.

Rossiyadagi musulmon mehnat muhojirlari esa, Umra va yoki Haj ziyoratini ado etishlariga ruxsat berishlari uchun oʻzlariga bir emas, koʻp bor murojaat etishgan.

Rossiyada hozir 6 million atrofida markaziy osiyolik mehnat muhojirining borligi taxmin etiladi.

Bu yil Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonga ham oshirilgan miqdorda kvota bergan.

Unga muvofiq, 7200 nafar oʻzbekistonlik musulmonning Haj ziyoratini ado eta olishlari mumkin boʻlgan.

Bungacha bu raqam 5 ming kishidan sal ortiqroqni tashkil etib kelgan.

Haj ziyorati uchun navbatning yillarga choʻzilishi, tanish-bilishchilik va ayrim hollarda poraxoʻrlik hollarining ham mavjudligiga oid shikoyatlar esa, oʻzbekistonliklar orasida ortiq yangilik boʻlmay qolgan.

Har yili Haj ziyoratini ado etadigan musulmonlar soni butun dunyo boʻylab 3 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring