AQSh: Shimoliy Koreyaga harbiy hujum qilinishi "mumkin"

Tillerson ikki Koreyani ajratib turadigan qurolsizlantirilgan hududga safaridan koʻp oʻtmay gapirgan Image copyright Reuters
Image caption Tillerson ikki Koreyani ajratib turadigan qurolsizlantirilgan hududga safaridan koʻp oʻtmay gapirgan

Janubiy Koreyaga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy amaliyot yuz berishi mumkin ekanini aytdi.

Uning aytishicha, "strategik sabr" siyosati nihoyasiga yetdi, hamda endilikda AQSh yangi diplomatik, xavfsizlik va iqtisodiy choralarni koʻrib chiqmoqda.

U, shuningdek, Janubiy Koreyaga AQSh raketa mudofaasi tizimining joylashtirilishi qarorini himoya qildi. Mazkur harakat Xitoyning gʻazabini qoʻzgʻagan.

Seul va Vashington bu tizim Shimoliy Koreyadan himoyalanish uchun zarur ekanini aytishadi.

Tillerson ikki Koreyani ajratib turadigan qurolsizlantirilgan hududga safaridan koʻp oʻtmay gapirgan.

U avvalroq Yaponiyaga safar qilgan.

Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy amaliyot imkoni bor yo yoʻqligi haqida soʻralganda u: "Biz vaziyat harbiy mojaroga aylanishini istamaymiz, albatta", - dedi.

"Lekin, agar ular oʻzlarining qurol dasturini harbiy javob talab qiladigan darajaga chiqarsalar, unda buning imkoni bor", - deya qoʻshimcha qildi u.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring