Suriya: "Masjidga havo zarbasi 42 odamni oʻldirdi"

Havo zarbalarini qilgan uchoqlar kimga tegishli ekani noaniq Image copyright Getty Images
Image caption Havo zarbalarini qilgan uchoqlar kimga tegishli ekani noaniq

Suriya shimolidagi isyonchilar nazorati ostida boʻlgan qishloqning masjidiga uyushtirilgan havo zarbasi 42 kishini nobud qildi.

Suriya kuzatib boruvchi faollarga koʻra, qurbonlarning aksari oddiy odamlar boʻlishgan.

Hujum Halab viloyatining al Jina qishlogʻida amalga oshirilgan.

Havo zarbalarini qilgan uchoqlar kimga tegishli ekani noaniq.

Rossiya va Suriya uchoqlari ayni hududda amal qilishadi, hamda AQSh uchoqlari viloyatdagi jihodchi isyonchilarni nishonga olib keladilar.

AQSh havo zarbasini amalga oshirgani va bir necha al Qoida jangchilarini oʻldirganini bildirdi, ammo masjidga hujum qilmaganini aytdi.

AQSh armiyasi avvaliga hujum qoʻshni Idlib viloyatida yuz berganini maʼlum qildi, ammo keyinroq hujumning aniq joyi maʼlum emasligini aytdi.

"Biz masjidni nishonga olganimiz yoʻq, lekin biz nishonga olgan va jangarilar uchrashuvi oʻtayotgan bino hozir ham shikastsiz turgan masjidga 15 metr masofada", - dedi armiya voizi Polkovnik Jon Jey Tomas.

Ammo Britaniyada joylashgan Suriya faollari guruhiga koʻra, al Jina masjidi namozxonlarga toʻla boʻlgan vaqtda nishonga olingan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring