Qozoq xonandalar nega mustaqillik kunini bilishmaydi?

Jazira Bayыrbekova Image copyright KTK
Image caption Jazira Bayыrbekovaga koʻra Qozogʻiston 1986 yilda Sovet Ittifoqi tarkibidan mustaqil boʻlib chiqqan

Qozogʻistonlik sanʼatkorlarning mamlakat Mustaqillik kuni borasidagi bilimlari, aniqrogʻi bu kabi bilimning ularning koʻpchiligida yoʻqligi jamoatchilikni hayratga soldi.

Bu kabi soʻrovni oʻtkazgan KTK kanalining ommabop "Instalayыq" dasturi mashhur xonandalarning vatanparvarligini sinab koʻrmoqchi boʻldi.

Reper va jurnalist Jan Axmadiyev artistlardan Qozogʻiston qachon mustaqillikka erishganini soʻradi.

Xonanda Jazira Bayыrbekova mustaqillik kuni, yaʼni 16 dekabrni toʻgʻri topdi, ammo yilda yanglishdi - unga koʻra Qozogʻiston 1986 yilda Sovet Ittifoqi tarkibidan mustaqil boʻlib chiqqan.

34 yoshli Serikbol Saylaubek esa: "Bilmayman qachon davlatimiz istiqlolga erishganini. U vaqtda men yosh bola edim", - deya javob berdi.

Qoʻshiqchi Jenis Isqaqova maktab dasturidan savol bermaslikni soʻradi.

"Oʻsha paytda burnim bitib qolib sahnada "Mening Qozogʻistonim" degan qoʻshiqni aytgandim. Albatta, bu kunni bilishimiz kerak", - deya qoʻshimcha qildi u.

Ijtimoiy tarmoqlarda fikr qoldirgan qozogʻistonliklar "oʻz vatani tarixi bilmagan" sanʼatkorlarni qoralashdi.

Qozogʻiston Sovet Ittifoqining 15 respublikasi ichida oxirgisi boʻlib - 1991 yilning 16 dekabrida mustaqillik eʼlon qilgan.

Ammo, Oʻzbekistondan farqli oʻlaroq, mustaqillik kuni Qozogʻistonda dabdaba bilan nishonlanmaydi.

Qozoq tahlilchilariga koʻra, 2011 yilning 16 dekabrida Janaoʻzen shahrida yuz bergan neftь sohasi xodimlarining qoʻzgʻoloni davrida 15 kishining otib oʻldirilishi ham ayni sananing ahamiyatiga putur yetkazgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring