Video - Bedarak oʻgʻli izidan kelib migrantga aylangan Natasha opa

Natasha opa Image copyright BBCuzbek

Moskva viloyatidagi yotoqxonada Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondan kelgan qator migrantlar istiqomat qilishadi.

Videosuhbat BBCUZBEK ning YouTube kanalida

BBCUZBEK yotoqxonadagi mehnat muhojirlari bilan uchrashib, ularning muhojirotdagi hayoti, orzu-oʻylari haqida soʻragan.

Namanganlik Natasha opaning hikoyasi boshqalarnikidan farqli. U 4 yil Rossiyaga yoʻl solgan va shu kuyi bedarak ketgan oʻgʻlini izlab kelgan.

Natasha opa biz bilan gaplasha turib yigʻlab yubordi. U bilan keyin xonasida soʻzlashishga muvvafaq boʻldik.

"Oʻgʻlimni topsam boʻldi, boshqa hech narsa kerak emas", deydi u.

"Yordam soʻrab yozmagan joyim qolmadi, militsiyaga ham, milliy xavfsizlik xizmatiga yozdim. Hech bir foydasi boʻlmadi".

Natasha opa oʻgʻlini izlash barobarida ish ham topib olgan.

"Oilam boy emas, shuning uchun zarar boʻlmas, deya ishlab turibman. Ammo ketmoqchiman, erim ham aytayapti "qaytib kel", deb", deya qoʻshimcha qiladi u.

Videosuhbatni BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

Oʻzbekistonlik Sanjarning hikoyasi YouTube dagi kanalimizda

Surxondaryodan Rossiyaga 17 yoshida kelgan Nuralining hikoyasi

"Muhojirning achchiq noni" loyihamizni kuzatib boring

Gʻurbatdagi gʻariblar yo

"Turfa taqdirlar"

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring