"Moskvadagi oʻzbek jurnalistiga taʼqib toʻxtatilsin!"

"Novaya gazeta" ishonishicha, Ali Feruz Oʻzbekiston tomonining talabi bilan hibsga olingan Image copyright Ali feruz
Image caption "Novaya gazeta" ishonishicha, Ali Feruz Oʻzbekiston tomonining talabi bilan hibsga olingan

Rossiya prezidentining devoni binosi qarshisida "Novaya gazeta"ning oʻzbekistonlik muxbiri Ali Feruzga qarshi taʼqiblarni toʻxtatish talabi bilan norozilik namoyishlari oʻtkazilmoqda.

Asli ismi Xudoyberdi Nurmatov boʻlgan jurnalist 16 mart kuni ertalab migratsiya qoidalarini buzganlikda ayblanib qoʻlga olingandi. Bir necha soat hibsxonada ushlangach, sogʻligi yomonlashishi tufayli u kasalxonaga yotqizilgan.

Soʻngra u sudgacha ozod qilindi.

Norozilik namoyishida 10 odam qatnashgan. Namoyishchilar jurnalistga nisbatan bosimlar toʻxtatilishini soʻrashyapti.

"Novaya gazeta" xabariga koʻra, asli qoʻqonlik Ali Feruzning pasporti 2012 yilda oʻgʻirlangan.

Ammo, u Oʻzbekistonga qaytsa terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ayblanishi va qamalishidan qoʻrqib, Rossiya hukumatidan vaqtinchalik boshpana soʻragan.

Rossiya tomoni uning arizasini rad qilgan, biroq soʻngra sud bu raddiyani bekor qilgan.

Amnesty International Ali Feruzga zudlik bilan siyosiy boshpana berilishini rasmiy Moskvadan soʻradi.

"Rossiya hukumati, nihoyat, xalqaro majburiyatlarini hurmat qilishi va Oʻzbekistonga boshpana izlovchilarni majburan qaytarishdek tajribadan voz kechishini namoyon qilishi kerak", - dedi Moskvadagi Amnesty International vakolatxonasi rahbari Sergey Nikitin.

"Novaya gazeta" ishonishicha, Ali Feruz Oʻzbekiston tomonining talabi bilan hibsga olingan.

Uning oʻzi aytishicha, uni Oʻzbekistonda xavfsizlik xizmatlari ishga yollashga uringanida mamlakatni tark etgan.

Hozirgi vaqtda Ali Feruzning Rossiyada qolish huquqi bor, chunki, uning muharririga koʻra, Ichki ishlar vazirligi uning boshpana arizasini rad etish qarori bekor qilinganini maʼlum qilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring