Dehlida oʻzbek qiz ommaviy zoʻrlangan

Hindistonda 2012 yilda 23 yashardagi namoyishlar
Image caption Hindistonda 2012 yilda 23 yashar talaba Jyoti Singx bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlanib oʻldirilishi butun mamlakat boʻylab yirik namoyishlarga sabab boʻlgandi

Oʻzbekistonlik ayol Dehlining Masudpur tumanida oʻzining sobiq yigiti va yana toʻrt erkak tomonidan doʻpposlangan va jinsiy zoʻrlangan.

Bu haqida Hindiston politsiyasiga tayanib indiatoday nashri xabar tarqatdi.

Ayolning nomi ochiqlanmayapti. Uning sobiq yigiti Anubhav Yadav hibsga olingan.

Uning doʻstlariga ham ayblov eʼlon qilingan.

Politsiyaga koʻra, voqea 10 martda yuz bergan, ammo ayol politsiyaga borishdan qoʻrqqan.

Nihoyat oʻz tanishining qistovi bilan politsiyaga murojaat qilgan ayol doʻpposlashlar ortidan hushidan ketgani va soʻngra jinsiy zoʻrlanganini aytgan.

Oʻz shikoyatida qayd qilishicha, jabrlanuvchi ayol oʻtgan olti oy davomida kvartira ijaraga olgan.

Unga koʻra, Yadav bilan toʻrt yil avval ijtimoiy tarmoqlarda uchrashgan va ishqiy munosabatlarini boshlagan.

U ikki hafta avval oʻz yigiti bilan aloqasini uzgani, ammo Yadav uni bezovta qilishda davom etgani va nihoyat doʻstlari bilan uni zoʻrlaganini aytgan.

Yadav Gʻaziabad tumanida qoʻlga olingan, qolgan toʻrt gumondor esa qidirilmoqda.

2015 yil noyabrida Hindistonning Haryana shtatida oʻzbekistonlik 27 yashar Shahnoza Shukurovaning jasadi topilgandi. Olti oylik homilasi bor Shahnoza oʻgʻirlab ketilgan va oʻldirilgan.

Hindistonda 2012 yilda 23 yashar talaba Jyoti Singx bir guruh erkaklar tomonidan zoʻrlanib oʻldirilishi butun mamlakat boʻylab yirik namoyishlarga sabab boʻlgandi.

Mazkur hodisa ortidan Hindistonda ayollarga qarshi zoʻravonlik mavzusi jamoatchilik diqqati markazida qolmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring