Prezident Mirziyoev Qozog‘istonga safar qiladi

Image copyright Sputnik Uzbekistan
Image caption Shavkat Mirziyoev tashqi siyosatda prioritet Markaziy Osiyodagi qo'shni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilashga berilishini aytgan.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboev taklifiga binoan 22−23 martda Qozog'istonga davlat safarini qiladi.

Bu haqida O'zbekiston hukumatining UzA axborot agentligi ma'lum qildi.

Davlat safari doirasida Qozog'iston poytaxti Astanada O'zbekiston sanoat mollarining ko'rgazmasi va ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum o'tkazilishi mo'ljallangan.

Ikki davlat ma'muriyati siyosiy va madaniy masalalar bilan bir qatorda savdo va sarmoyalarni muhokama qilishadi.

Qozog'istonlik tahlilchilarga ko'ra, qozoq sarmoyadorlari O'zbekiston bozorining erkinlashtirilishiga umid qilishmoqda.

O'Z navbatida Shavkat Mirziyoev o'zining ilk prezidentlik nutqida yangi tashqi siyosatda prioritet Markaziy Osiyodagi qo'shni davlatlar bilan aloqalarni yaxshilashga berilishini aytgan.