Bahor bayrami va iroqliklar

Minglab yillar asnosida ushbu maʼjusiylik davridan qolgani aytiladigan Navroʻz bayramning shaklu shamoyili, mazmun mohiyati oʻzgarishlarga yuz tutib keldi. Baʼzi mintaqalarda Navroʻz siyosiy chiqishlar uchun fursat boʻlsa, koʻplab mamlakatlar uni milliy qadriyatlari va oʻzliklari bir qismi sifatida koʻradilar.

Yaqin Sharqdagi Kurd jamoalari bahor tengkunligini qarshilik kayfiyatlarini izhor qilish bilan nishonlashadi.

Image copyright Getty Images
Image caption Bagʻdod shimolidan 500 chaqirim uzoqlikdagi Aqrah shaharchasidagi Iroq kurdlari mashʼala koʻtarib toqqa chiqishmoqda

Iroq 2016 yil Navroʻzni UNESCO Insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilishi uchun harakat qilgan yagona arab mamlakatidir.

Iroq hududida Navroʻz qadimdan beri bayram qilib kelingan. Zamonaviy dunyoda buni mamlakatdagi turli etnik guruhlar - Kurd, Arab, Turkman va Yazidiylar nishonlashadi.

Image copyright Getty Images
Image caption Aqrah shaharchasidagi kurdlar Navroʻzda milliy dabka raqsiga tushishmoqda

Navroʻz tantanalari keng koʻlamda oʻtkaziladi. Ayniqsa, Iroq Kurdistonidagi qishloqlari odamlari shahar va qishloqlarda toʻplanib, xursandchiliklarini baham koʻrishadi.

Kurd oilalari uchun Navroʻz bayrami ramziy maʼnoga ega.

Image copyright Getty Images
Image caption Aqrahdagi bolalar Navroʻz munosabati bilan yuzlariga Iroq bayrogʻi ranglarini surtishgan

Hamma joyda Navroʻz oila bilan birga boʻlish, doʻst-yorlarni ziyorat qilish hamda marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirish fursati boʻlib kelgan.

Asrlar davomida odamlar bahorning kelishini yilning yaxshi kelishiga umid sifatida nishonlashgan.

Image copyright Getty Images

Iroqliklar o'z oilalari bilan navruz bayramini nishonlab Bag'dodning Abu Nawas xiyobonida sayl qilmoqdalar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring