СПИД етимлари қўлидан овқат ейсизми?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - SPID yetimi qoʻlidan ovqat yeysizmi?

Ota-onasi SPIDdan oʻlgan bola pishirgan taomni tanovul qilarmidingiz?

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Shanxaydagi bir qahvaxona xuddi ana shunday SPID yetimlarini oshpaz hamda pazandalikka oʻrgatib, ularga ish bermoqda.

Yemakxonada ishlaydigan bolalarning hech birida VICh yoʻq, ular sogʻlom oʻsmirlar.

Ammo koʻplab xoʻrandalar gʻazabda. Kafe boshqaruvchisi, xayriyaparvar Du Kongning aytishicha, hech kim pishiriq yo ovqatdan VICh yuqtirmaydi.

VICh virusi va SPID dunyoning koʻplab hududlarida hamon tavqi laʼnat, sharmandalik va oʻlim hukmi sanaladi.

Nafaqat VICh yuqtirgan bemor, balki oilasida biron yaqini SPIDdan oʻlgan kishini ham jamiyat chetga chiqarib tashlaydi.

Doʻstlar, hamkasblar, qarindoshlar va hatto eng yaqin oila aʼzolar ham yuz oʻgirishadi.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Shanxaydagi bu kafeda SPID yetimlari ishlaydi.

Ota-onasi SPIDdan oʻlgan, biroq bolalar sogʻlom.

Ammol ayrim xoʻrandalar kasal yuqadi, deb yemakxonani yopishni talab qilishmoqda.

"Bir piyola choy ichgandim. Menga hech narsa qilmaydimi, deb soʻrashadi" - deyi oshpaz oʻsmir.

VICh/SPIDdan Xitoyda jirkanishadi. Kasalni ajratib tashlashadi.

"VICh ovqatdan yuqmaydi, lekin negadir asossiz qoʻrquvlar hali ham bor" - deydi Kafe egasi Du Kong.

Yemakxonani ochgan xayriya tashkiloti 20 ming SPID yetimiga yordam bergan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring