Bahor bayrami - Navroʻz

Bu yil bahor tengkunligi - Navroʻz 20 martga toʻgʻri keladi.

Xitoydan to Bolqon davlatlariga qadar choʻzilgan mintaqa boʻylab muayyan diniy va etnik guruhlar bahor kelishini tantana bilan kutib olishadi.

Navroʻzni bayram qiluvchi mamlakatlar va mintaqalar

Image caption Navroʻz nishonlanadigan mintaqalar xaritasi

Bahorni bayram qilish 3, 000 yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etadi.

Ishonilishicha, bahor tengkunligi qadim Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi)dagi astronomik tadqiqotlarga asoslangan.

Keyin musulmon olimlari ham Navroʻz kuniga oid ilmiy izlanishlar olib borishgan.

Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Mahmud Qoshgʻariy kabi allomalar ishlarida ham Navroʻz haqida ilmiy fikrlar bildirilgan.

Image copyright Xinhua agency
Image caption Xitoyning Shinjon mintaqasida Navroʻzni bayram qilayotgan maktab bolalari

Bahor bayrami tarixi insoniyat ilk tsivilizatsiyasiga borib taqaladi.

Qadim zamonlarda odamlar quyosh va oy harakatlarini yaqindan kuzatishgan.

Ular tabiatda kechadigan oʻzgarishlarning mohiyatini anglashga urinishgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Insonlar bahorning kelishini zimiston ustidan gʻalaba ramzi sifatida nishonlashgan

Navroʻz fors tilida "yangi kun" deganidir. Hozirgacha Eron va Afgʻonistonda bu kun Yangi yilning boshlanishi sifatida tan olinadi.

Navroʻz marosimlaridagi milliy va diniy anʼanalar qoʻshilib ketgan.

Zardoʻshtiylikda bahor qaytishi yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalabasini anglatgan.

Eronning Yazd viloyatida yashab qolgan zardoʻshtiylar oʻz qadimiy anʼanalarini saqlab qolishga urinadilar. BBC Fors Xizmatidan Ali Attar ushbu kichik jamoa bugungi zamonaviy dunyoda Navroʻzni qanday nishonlashi bilan qiziqqan. (Videolavha 2007 yil tasvirga olingan film asosida tayyorlandi)

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Zardoʻshtiylar jamoasi bugun katta emas

Oʻzbekistonda Navroʻz milliy oʻzlikning ajralmas qismi hisoblanadi. Sovet Oʻzbekistonida ham Navroʻz taqiqqa uchragandi. 1990 yillar boshlarida Navroʻz qayta tiklandi va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlana boshladi. Bugunda Navroʻz tadbirlarida masʼuliyatni asosan ayollar zimmalariga oladilar.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
"Sumalakdan tosh topdim..."

Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan davlatlar rahbarlari oʻz Islomiy meroslariga oʻta ehtiyotkorlik bilan murojaat qila boshlashdi.

Aksiga ular Rossiyadan mustaqillik belgisi oʻlaroq Navroʻzni madaniy qadriyatlari ramziga aylantirishdi. Dushanbedan BBC muxbiri Suhrob Ziyo tayyorlagan fotolavha.

Navroʻz - madaniy oʻzlik timsoli

Sobiq Shoʻro mamlakatlarida Navroʻz anʼanalari turli oʻzgarishlarga yuz tutdi.

Ipak yoʻlida istiqomat qiluvchi odamlar qadim anʼanani nishonlab kelishgan, ammo SSSR parchalanganidan keyin Navroʻzning qayta tiklanishi mustaqil davlatlar oʻzligini shakllantirishga xizmat qildi. BBC Ozari xizmatidan Zulfiqor Rufatoʻgʻli hikoya qiladi.

Ozarbayjonda Navroʻz evrilishlari

Eronliklar uchun Navroʻz taʼtilini Armaniston va Ozarbayjon kabi mamlakatlarda oʻtkazish maʼqul tanlovga aylangan.

Ammo bu yil minglab eronliklar Gruziyaga borishlari kutiladi. Bu davlat oʻtgan yil Eron fuqarolari uchun vizani bekor qilgandi.

BBC muxbiri Rayhon Demitri eronliklar poytaxt Tbilisida nimalarni koʻrish orzusida ekanlari bilan qiziqqan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Tbilisi uchun bahor kelishi sayyohlik mavsumi boshlanishi hamdir

Navroʻz Tolibon davrida Afgʻonistonda otashparastlikka asoslangan kufr deya taqiqlangandi. Anʼanador ulamolar hamon uni tanqid ostiga oladilar.

Image copyright Getty Images
Image caption Navroʻz bayramini nishonlash uchun afgʻonlar Karti Saxiy ziyoratgohi atrofida yigʻiladilar

Oʻtmishdagi yoki bugungi qarashlar qanchalar ziddiyatli boʻlmasin, Dehqonlar kuni nomi bilan ham maʼlum Navroʻz koʻplab afgʻonlarning sevimli ayyomi sifatida qolgan. BBC Afgʻon Xizmatidan Payinda Sargand tayyorlagan fotolavha.

Afgʻonistonda Navroʻz

Uzoq tarixga ega Navroʻz ayrim mintaqalarida shodu xurramlikdan siyosiy chiqishlar fursatiga aylangan.

Yaqin Sharqdagi Kurd jamoalari bahor tengkunligini qarshilik kayfiyatlarini izhor qilish bilan nishonlashadi.

Image copyright Getty Images
Image caption Bagʻdod shimolidan 500 chaqirim uzoqlikdagi Aqrah shaharchasidagi Iroq kurdlari mashʼala koʻtarib toqqa chiqishmoqda

Iroq 2016 yil Navroʻzni UNESCO Insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilishi uchun harakat qilgan yagona arab mamlakatidir.

Iroq hududida Navroʻz qadimdan beri bayram qilib kelingan. Zamonaviy dunyoda buni mamlakatdagi turli etnik guruhlar - Kurd, Arab, Turkman va Yazidiylar nishonlashadi.

Image copyright Getty Images
Image caption Aqrah shaharchasidagi kurdlar Navroʻzda milliy dabka raqsiga tushishmoqda

Navroʻz tantanalari keng koʻlamda oʻtkaziladi. Ayniqsa, Iroq Kurdistonidagi qishloqlari odamlari shahar va qishloqlarda toʻplanib, xursandchiliklarini baham koʻrishadi.

Kurd oilalari uchun Navroʻz bayrami ramziy maʼnoga ega.

Image copyright Getty Images
Image caption Aqrahdagi bolalar Navroʻz munosabati bilan yuzlariga Iroq bayrogʻi ranglarini surtishgan

Hamma joyda Navroʻz oila bilan birga boʻlish, doʻst-yorlarni ziyorat qilish hamda marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirish fursati boʻlib kelgan.

Asrlar davomida odamlar bahorning kelishini yilning yaxshi kelishiga umid sifatida nishonlashgan.

Image copyright Getty Images

Iroqliklar o'z oilalari bilan navruz bayramini nishonlab Bag'dodning Abu Nawas xiyobonida sayl qilmoqdalar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring