Suratlar - Navroʻz Oʻzbekistonda sayl sifatida nishonlanmoqda

20 mart kuni Oʻzbekistonda Navroʻz bayramini nishonlash boshlangan.

Image copyright BBC UZBEK
Image caption 20 mart kuni Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bogʻida asosiy sayl boʻldi.

Oʻzbekistonda bu yilgi Navroʻz oldingi yillardagidan farqli bayram qilinmoqda.

Image copyright BBC UZBEK

Oldingi yillarda Mustaqillik va Navroʻz bayramlarining Toshkentdagi asosiy tantanalari uchun oylab tayyorgarlik koʻrilar, minglab insonlar jalb etilar, bu tantanalar uchun har yili byudjetdan katta mablagʻ ajratilar va rahbarlar xavfsizligini taʼminlash uchun deb tushuntirilib minglab militsiya va boshqa xavfsizlik xizmatlari xodimlari oylab "jangovor tayyorgarlik" holatida saqlanar edilar.

Image copyright BBC UZBEK

Bu yil davlat rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bogʻida tashkil etilgan.

Qodiriy bogʻiga kirishda ham qattiq xavfsizlik choralari koʻrilgan.

Image copyright BBC UZBEK

Bogʻ ichiga kirganlar qoʻllaridagi mobil telefonlari olib qoʻyilganini aytishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Navroʻz bayrami bilan tabriklagan.

Image copyright BBC UZBEK

Oʻz tabrigida Prezident Mirziyoyev bu yilgi bayramning farqli oʻtayotganini urgʻulagan: "Bu yilgi Navroʻz bayrami, barcha shahar va qishloqlarimizda, umumxalq sayillari tarzida oʻtayotgani, unga oʻzgacha fayz va shukuh bagʻishlamoqda".

Image copyright BBC UZBEK

Bayram munosabati bilan Oʻzbekistonda 18 martdagi shanba dam olish kuni dushanba - 20 martga koʻchirilgan.

Image copyright BBC UZBEK

Toshkent shahridagi qator koʻcha va xiyobonlarda transport harakati 19 martdan boshlab toʻxtatilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring