FBI Rossiyaning saylovlarga aralashganini tekshirmoqda

Putin Image copyright Reuters

AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) direktori Jeyms Komi Rossiya hukumatining 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuviga doir surishtiruv oʻtkazilayotganini tasdiqladi.

Uning maʼlum qilishicha, ushbu surishtiruvlar Tramp saylovoldi kampaniyasi jamoasi va Rossiya hukumati oʻrtasida aloqalar boʻlib-boʻlmaganligi va Kreml hamda Tramp kampaniyasi oʻrtasida biror muvofiqlashtirish bor yo yoʻqligini tekshirgan.

FBI ushbu munosabatlarda jinoyat alomatlari bor-yoʻqligini ham tekshiradi.

Donald Tramp ikki oʻrtada biror kelishuv boʻlganligini keskin rad etadi.

Rossiya tomoni ham AQShdagi prezidentlik saylovlariga taʼsir oʻtkazishga harakat qilganligini har doim rad etib keladi.

FBI direktori Kongressning kamdan kam hollarda ochiq oʻtkaziladigan istihborot qoʻmitasi yigʻilishida soʻzlagan. Qoʻmita Rossiya va Tramp kampaniyasi oʻrtasidagi aloqalarga doir surishtiruv ishlari ham oʻtkazgan.

Jeyms Komi surishtiruv ishlarini "juda ham murakkab" degan va jamoatchilikka ochiq qilinmagan maʼlumotlarni qoʻmita oldida oshkor soʻzlay olmasligini aytgan. U surishtiruvning qachon tugashi borasida biror muddat ham ayta olmasligini bildirgan.

"Bizni qayerga olib borishidan qatʼiy nazar faktlarning ortidan boramiz", - degan u.

Istihborot qoʻmitasi oldida Milliy Xavfsizlik agentligi (MXA) rahbari admiral Mayk Rojers ham hisobot bergan.

U MXA yanvar oyida razvedka xizmati chop qilgan hisobotlardagi xabarlar rostligiga ishonishini bildirgan. Hisobotda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning saylovdagi raqibi Hillari Klintonning obroʻsiga putur yetkazuvchi kampaniya olib borgani aytiladi.

Kongres istihborot qoʻmitasining Respublikachilar partiyasidan raisi Devin Nyunes Prezident Tramp uning Tramp minorasi binosi eshitilgani toʻgʻrisidagi iddoalarni rad etgan.

Tramp shu oyning boshida Obama uni tinglashlarini buyurgani haqida twit yozgan edi.

"Aniqlashtirib olaylik. Tramp minorasini hech kim tinglamaganligi bizga ayon. Lekin shunga qaramasdan Tramp va uning jamoasiga nisbatan boshqa kuzatuv vositalari qoʻllanilgan boʻlish ehtimoli mavjud", - degan Devin Nyunes.

Ayblovlar

AQSh istihborot agentliklari Kreml qoʻllovidagi xakerlar Demokratlar partiyasi rahbarlarining elektron pochtasini buzib kirgani va Tramp Hillari Klintonni yengishda yordam berish uchun ayrim maʼlumotlarni oshkor qilganini aytib chiqdi.

Shundan beri Tramp saylovoldi kampaniyasi jamoasi Rossiya rasmiylariga aloqasi borlikda ayblanib kelinadi.

Devin Nyunnes yakshanba kuni "shu tonggacha qoʻlimga kelib tushgan maʼlumotlarning hammasi Tramp kampaniyasi Rossiya aloqasi borligiga isbot boʻla olmaydi", - dedi.

Milliy istihborot qoʻmitasi sobiq direktori Jems Klapper yanvar oyida lavozimini tark etgunga qadar ikki oʻrtada aloqalar boʻlganligi haqida biror dalil koʻrmaganini aytgan.

Biroq koʻmitaning Demokratlar partiyasidan rahbari Adam Schif u koʻrgan materiallar AQSh fuqarolari saylovga taʼsir oʻtkazish maqsadida Rossiya bilan til biriktirganiga isbot boʻla olishini aytgan.

Tramp maʼmuriyatining ikki katta mulozimi Rossiya bilan til biriktirganlikda ayblanib qoʻlga tushgan. Prezidentning xavfsizlik masalalari boʻyicha sobiq maslahatchisi Maykl Flin va Bosh prokuror Jef Seshshins.

Flin Rossiya elchisi bilan milliy xavfsizlik maslahatchisi lavozimiga oʻtirishdan oldin muloqot qilganini Oq uydan yashirgani uchun oʻtgan oy isteʼfoga chiqqan edi.

U elchi Sergey Kislyak bilan Rossiyaga nisbatan AQSh qoʻygan sanktsiyalarni muhokama qilganlikdak ayblangandi. Oddiy fuqarolarga AQSh nomidan muzokaralar olib borish qonun bilan taqiqlangan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring