Istanbulda oʻzbek ayoli oʻldirildi

Gumonlanuvchi Image copyright Aksam

Istanbulning Fotih mavzeida 43 yoshli oʻzbek ayoli boʻgʻib oʻldirilgan. Ayolning oʻldirganlikda gumon qilinib 23 yashar Turkiya fuqarosi qoʻlga olingan. Yigit ayol tanasini sotish bilan shugʻullanganligini, kelishuv shartlarini bajarmagani uchun boʻgʻganini aytgan.

Turkiyaning Aksham gazetasi xabar berishicha, Fotih mavzesidagi kunlik ijaraga beriladigan uylardan birida 43 yashar Oʻzbekistonlik ayolning jasadi topilgan. Jasad shifoxonada ekspertizadan oʻtganidan uning soʻng boʻgʻib oʻldirilgani oydinlashgan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida ayolning fohishalik bilan shugʻullanganligi maʼlum boʻlgan. Politsiya ayolning qoʻl telefonini tekshirish orqali uning eng soʻnggi marta Nejati F. ismli shaxs bilan koʻrishganini aniqlagan. Tezkor amaliyot natijasida Nejati F. qoʻlga olingan.

Nejati F. tergov davomida ikki oʻrtada kelishmovchilik kelib chiqqani uchun uni boʻgʻganini tan olgan. U oʻzbekistonlik ayolga ming lira (277 dollar) berib bir kechaga gaplashganini aytgan.

Biroq tun yarmida ayol ketishi kerakligini aytgan. Yigit esa seni tonggacha gaplashganman deya qoʻyib yubormagan. Oʻrtada kelib chiqqan tortishuv natijasida yigit ayolni boʻgʻgan va hushidan ketdi, deb oʻylab xonada yolgʻiz tashlab ketgan.

Islovotxona tarmogʻi

18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta fohishaxona ochib yashirincha faoliyat yuritgan oʻzbekistonlik Madina Shukurova qoʻlga olingandi. 36 yashar Shukurova Istanbuldan Toshkentga uchayotgan mahal ushlangan.

Turk matbuotining xabar berishicha, Madina Shukurova qoʻlga olinishi hamon Istanbul politsiyasi oldindan aniqlangan 76 islavotxonaga tezkor reyd oʻtkazgan. Reyd davomida 16 kishi ushlangan.

Fohishalik qilishga majburlangan 21 kishi ozod qilingan. Ayollar xasta qarovchi, enaga kabi ishlarni qilish uchun Turkiya olib kelingan. Biroq pasportlari olib qoʻyilib fohishalik qilishga majburlangan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring