Бугун зардўштийлар Наврўзни қандай кутиб олишади?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Bugun zardoʻshtiylar Navroʻzni qanday kutib olishadi?

Eronning Yazd viloyatida yashab qolgan zardoʻshtiylar oʻz qadimiy anʼanalarini saqlab qolishga urinadilar. BBC Fors Xizmatidan Ali Attar ushbu kichik jamoa bugungi zamonaviy dunyoda Navroʻzni qanday nishonlashi bilan qiziqqan. (Videolavha 2007 yil tasvirga olingan film asosida tayyorlandi)

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Eronning Yazd viloyatidagi qishloqda tong otdi.

Mahdoxt Forouhar qishloqdagi kam sonli zardoʻshtiylar jamoasidan.

U diniy marosim uchun maxsus yeguliklar tayyorlamoqda.

Bu Kumoch - Navroʻz shirinligi.

"Bugʻdoy un, tuxum, shakar, gul suvi, kardamon va dolchinni aralashtiramiz".

"Tayyorlangan xamirni qizitilgan yogʻda pishiramiz. Ustiga ezilgan pista, yongʻoq, bodom va kunjut sepish mumkin".

"Ushbu pishiriq Navroʻz-Kumochi deb ataladi".

"Kumoch Yangi Yil kelishida isteʼmol qilinadi. Uni boʻlaklarga boʻlib, mehmonlarga tortiq qilamiz".

Ehrom ruhoniysi Rustam Kavousin zardoʻshtiylikning muqaddas kitobi "Avesto" ni oʻqimoqda.

Gahanbor kunlari Navroʻzdan 10 kun oldin boshlanadi.

Zardoʻshtiylar bu kunlar ajdodlari ruhi uylariga qaytishiga ishonadilar.

Duo oʻqilib muqaddas boʻlgani sanalgan mevalar tarqatiladi.

Marosimda hozir boʻlmaganlar ham bu yerga qoʻyilgan mevalardan oʻz ulushlarini olishadi.

Navroʻzdan oldingi oxirgi chorshanba olov marosimi oʻtkaziladi.

Ehromga koʻmir olib kelinadi va Avesto urf-odatlariga binoan uni gulxanga solinadi.

Navroʻz kuni qishloqliklar bir-birlarini ziyorat qilishadi.

"Buvilarimiz bayram taomlarini qanday pishirishni oʻrgatishgan".

"Nammamiz birgalikda bogʻ sayillari va ziyoratgohga boramiz".

"U yerda musiqa va raqs boʻladi. Juda yaxshi paytlar edi".

"Hozir ozchilikmiz. Har bir oilada 2 yoki 3 kishi qolgan".

"Hammamizning hovlimiz, bogʻchamiz bor, ammo uyma-uy yurib koʻchani aylanamiz".

"Qadimiy taomimiz - "Oshi reshti" ni endi ahyon-ahyonda birga pishiramiz".

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring