Video - IShID tahdidi uchoqlarda noutbukni taqiqladi

uchoqlarda Image copyright PA

Amerika va Britaniya ayrim yoʻlovchi parvozlarda noutbuklarga taqiq qoʻyilgani borasida eʼlon qildi. Amerika matbuotiga koʻra, uchoq ichida katta hajmdagi elektron qurilmalarga taqiq qoʻyilishi AQSh parvozlarida terror tahdidi borasidagi razvedka maʼlumotlariga asoslangan.

Bu boradagi video lavhani YouTube dagi sahifamizda tomosha qiling

IShID elektron qurilmalarga portlovchi moddalarni yashirincha oʻrnatish ustida izlanishlar olib borayapti, degan ABC kanalining manbasi.

AQSh tomoni ushbu josuslik xabarini "asosli" va "ishonchli" deb topdi.

Yetti davlatdan keluvchi va AQShdagi 10 aeroportga qoʻnuvchi 9 ta avia shirkat parvozlarida katta hajmdagi elektron qurilmalar Ichki xavfsizlik vazirligi taqiqiga sabab boʻlgan.

AQSh ortidan Britaniya ham Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr, Tunis va Saudiya Arabistonidan keladigan uchoqlarda noutbuk olib yurishni taqiqladi.

Ushbu taqiq qoʻl telefonlari va tibbiy uchkunalarga joriy qilinmaydi. Qoʻl telefonidan sal kattaroq boʻlgan har qanday elektron qurilma uchoq bortiga kiritilmaydi.

Britaniya hukumati har qanday cheklovchi choralarni oʻta ehtiyotkorlik bilan joriy qilishini bildirgan. Ularga koʻra, yangi taqiqlar parvozlarni yanada xavfsiz qiladi.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring