Mirziyoyevning Qozogʻistonga davlat tashrifi boshlandi

Mirziyoyev Sagʻintayev Image copyright Inform.kz

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 martning ikkinchi yarmida Qozogʻistonga davlat tashrifi bilan kelgan. Ostona xalqaro aeroportida Mirziyoyevni Qozogʻiston Bosh vaziri Baxitjan Sagʻintayev kutib olgan.

Oʻzbekistonning yangi Prezidenti tashqi siyosatda qoʻshnilarga eʼtibor qaratishni maʼlum qilgan. U ilk rasmiy tashrifiga qoʻshni Turkmanistonni tanlagan, ikkinchi safar Qozogʻistonga boʻlmoqda.

"Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinadi", - deyiladi Prezident matubot xizmati xabarida.

Tashrif doirasida Ostona shahrida Oʻzbekiston Milliy sanoat koʻrgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida qoʻshma biznes-forum oʻtkazilishi koʻzda tutilgangani aytilmoqda.

Tashrif yakunlari boʻyicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, shuningdek, Oʻzbekiston - Qozogʻiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan salmoqli tijoriy shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev tashrifi arafasida Qozogʻistonning Olma ota shahridan poytaxt Toshkentga tezyurar poyezd qatnovi amalga oshirilgan.

Masʼullar ikki davlat oʻrtasida avtobuslar qatnovi va 2006 yili yopilib qolgan Qozogʻiston hududi orqali Toshkent va janub viloyatlarini bogʻlovchi yoʻlni ochish borasida muzokaralar ketayotganini bildirgan.

22-23 mart kunlari Qozogʻistonga boʻladigan tashrifi arafasida Qozogʻistonning davlat xabar agentligi-Kazinform Mirziyoyev bilan suhbatni chop etdi.

Unda Oʻzbekiston rahbari Qozogʻiston va boshqa qoʻshnilar bilan qanday aloqalar oʻrnatmoqchi ekani borasidagi savollarga javob bergan.

"Qozogʻiston Prezidenti bilan uchrashuv chogʻida biz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni jadallashtirish va albattaki, mintaqadagi vaziyatni ham muhokama qilamiz",- deb aytgan Mirziyoyev.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq