Shoshilinch: Britaniya parlament binosi oldida otishma

Britaniya parlament binosi oldida otishma Image copyright TV screenshot
Image caption Britaniya parlament binosi oldida otishma

Britaniya parlament binosi oldida bir necha odam otishmaga duch kelgan. Kamida ikki odam jarohatlangangani aytilmoqda. Hodisa joyiga politsiya kuchlari yetib kelgan.

Siyosatchi va jurnalistlar Twitter ijtimoiy tarmogʻida pardament binosi tashqarisida oʻq ovozlari eshitilganini yozishgan. Ayrim manbalarda 10ga yaqin odamning jarohatlanganini aytmoqda.

Politsiya hodisaga izoh bermagan. Kim oʻq uzgani ham nomaʼlum. Britaniya parlamenti faoliyati toʻxtatilgan va binoga kirish toʻsib qoʻyilgan.

Otishma vaqti paralment binosida boʻlgan jurnalist Kevin Shofildning aytishicha, tashqaridan gumburlagan ovoz eshitgan va ortidan baqir-chaqir boshlangan.

Jurnalist kimdir politsiyaga hujum qilganini va qurolli odamni koʻrganini aytgan.

Shofildning qoʻshimcha qilishicha, shundan soʻng otishma boshlangan, koʻchada qurolli politsiya koʻringan. U parldament binosida kimgadir tibbiy yordam koʻrsatilayotganiga ham guvoh boʻlganini aytgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring