Лондонда террор ҳужуми
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

London: Hujum joyidan video

London markazidagi Vestminster koʻprigida sodir etilgan hujumda toʻrt kishi halok boʻlgan.

Qurbonlar orasida politsiya xodimi va hujumchining oʻzi ham bor.

Koʻprikda hujumchi odamlar ustiga mashina haydagan va bir yoʻlovchi ayol nobud boʻlgan.

Yaradorlar soni 20 nafarga yaqin. Shifokorlarga koʻra, ayrimlarning jarohati oʻta ogʻir.

Politsiya xodimi Parlament binosi oldida hujumchiga roʻbaru chiqadi va shu paytda pichoqlangan.

Politsiya hodisani terror amali, deb atamoqda.

Ushbu lavha bir necha daqiqa oldin tayyorlangan boʻlib, voqealar va raqamlar oʻzgarib bormoqda.

Voqeaga guvoh boʻldingizmi? Bu borada nima bilasiz?

Hujum tafsilotlarini bbcuzbek.com va BBC Oʻzbek Xizmati ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring