Мирзиёев йўли: Очиқлик нимада?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mirziyoyev yoʻli: Ochiqlik nimada?

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni boshqarishda ochiqlikni tanladi".

Mirziyoyevning prezident sifatidagi ilk 100 kunlik faoliyatiga nazar tashlagan Xalqaro Inqiroz Guruhi shunday xulosa qiladi.

Tashkilotning qayd etishicha, yangi prezidentga chikarida ham, tashqarida koʻpchilik oʻzgarishlar umidi bilan qarashayapti.

Hisobotga koʻra, yuz kunlik muhlat bir taraflama xulosa qilish uchun yetarli emas.

Qolaversa, Shavkat Mirziyoyevga qattiqqoʻl, shafqatsiz va oʻzgarishlarga shubha bilan qaraydigan tuzumni meros qoldi.

Hisobotga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir sifatida ayni tuzum meʼmorlaridan biri boʻlsa-da, endi uni oʻzgartirishga harakat qilmoqda.

Lekin qudratli MXX va uning Sovet KGBsi maktabini oʻtagan rahbari Rustam Inoyatov bugun Prezident Shavkat Mirziyov boshlagan islohotlarga toʻgʻanoq boʻlayotgani xususida farazlar oʻrtaga chiqqan.

Hatto birgina soʻm konvertatsiyasini ochish ham qora bozordan noqonuniy daromad koʻrib kelayotgan amaldorlarga yoqmasligi mumkin.

Ayni damda, siyosiy erkinliklar yoki inson huquqlari bobida Prezident Mirziyoyev islohotlar oʻtkazishga shoshilmayotgani ham taʼkidlanadi.

Shunday sharoitda, Shavkat Mirziyoyev mamlakatni qayerga boshlayotgani hamon mavhum qolmoqda.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring