Грузияда Наврўзни ким байрам қилади?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Gruziyada Navroʻzni kim bayram qiladi?

Eronliklar uchun Navroʻz taʼtilini Armaniston va Ozarbayjon kabi mamlakatlarda oʻtkazish maʼqul tanlovga aylangan.

Ammo bu yil minglab eronliklar Gruziyaga borishlari kutiladi. Bu davlat oʻtgan yil Eron fuqarolari uchun vizani bekor qilgandi.

BBC muxbiri Rayhon Demitri eronliklar poytaxt Tbilisida nimalarni koʻrish orzusida ekanlari bilan qiziqqan.

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Bahor kelishi Tbilisida sayyohlik mavsumi boshlanishini anglatadi.

Bu yil koʻplab eronliklar Navroʻzni nishonlash uchun kelishmoqda.

"Men Mujgonman, Erondan. Gruziyaga singlim va onam bilan Navroʻz taʼtilini oʻtkazish uchun keldim".

"Gruziyani tanlaganimiz sababi - bu mamlakat xavfsiz".

"Odamlari juda mehmondoʻst, samimiy va sayyohlarga yaxshi munosabat qilishadi".

Eronliklar Gruziyaga kelib, oʻz mamlakatlarida yo'q erkinlikdan bahramand boʻlishadi.

"Eronga borishlari taqiqlangan qoʻshiqchilarimiz bu yerga kontsert qoʻyishlari mumkin".

Eronlik pop yulduzlar Navroʻzda Gruziyada chiqishlar qilishadi.

Kontsertlarni Shahriyor Muhammad tashkil qilmoqda.

"Umid va Sapideh ijrosidagi chiqishlarni tashkil qilyapmiz. Tomoshabinlarimizning 90-99% Erondan keladi".

"Ular oʻzlari uchun yangi joylarni tanlashmoqda".

"Yaqinda Istanbulga borishdi, koʻplar Ozarbayjon va Armanistonda bo'lishdi".

Eronliklarning soni ortayotgan bizneslari aynan shu kelayotgan sayyohlar uchundir.

"Mana bu samanu (sumalak)ni Erondan buyurtma berib olib kelganmiz".

Tun choʻkkanidan keyin esa... eronliklar gurji restoranlari va tungi klublarida o'yin-kulgu qiladilar.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring