Oʻzbekiston termasi Suriyaga yutqazdi

Oʻzbek futbolchilari Image copyright UFF

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati saralash bosqichida safarda Suriya termasiga magʻlub boʻldi. Sust kechgani aytilayotgan oʻyinda Suriya futbolchilari qoʻshib berilgan daqiqalarda penaltidan gol urib gʻalabani ilib ketgan. Oʻyin 1-0 hisobida yakunlangan.

Suriya urush girdobida boʻlgani bois oʻyin Malayziyaning Melekka shahrida boʻlib oʻtgan. Olti oʻyindan soʻng Oʻzbekiston termasi 9 ochko jamgʻargan holda uchinchi oʻrinda ketmoqda. Oʻzbekistondan yuqorida turgan Janubiy Koreyada 10 ochko bor. Oʻzbekistonni taʼqib qilib kelayotgan Suriyada 8 ochko bor.

Oʻzbekiston termasi 2018 yili Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati final bosqichida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etishi uchun guruhda kamida ikkinchi oʻrinni olishi kerak. Guruhda uchinchi oʻrinni olgan jamoa yana qoʻshimcha oʻyinlarda raqiblarga duch keladi.

Oʻzbekiston ishtirok etayotgan guruhda Eron 11 ochko jamgʻargan holda birinchi oʻrinda bormoqda.

Malayziyadagi issiq va nam iqlim ikki davlat futbolchilariga ham noqulaylik tugʻdirgani aytilmoqda. Oʻyin ham ob-havoga mos ravishda oʻta sust oʻtgani aytilmoqda.

Toshkentda boʻlgan ilk uchrashuvda Oʻzbekiston futbolchilari 1-0 hisobida Suriyadan ustun kelgandi. Oʻshanda gʻalaba toʻpini Aleksandr Geynrix kiritgandi.

Oʻyinni teleekran qarshisida kuzatgan terma jamoa himoyachisi Vitaliy Denisov, Oʻzbekiston termasining imkoniyati pasayib ketganini, ammo oxirigacha kurashishlari haqida Twitter orqali yozgan.

Umuman oʻyin oldidan Oʻzbekiston jamoasi favorit sifatida koʻrilayotgan edi. Urush holatida boʻlgan terma jamoaga yutqizib qoʻyish, oʻzbekistonlik muxlislarning gʻazabiga sabab boʻlgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, nursiz oʻyin ortidan terma jamoa murabbiyi Samvel Babayanning isteʼfosini soʻrab fikr qoldirishgan.

Ularning ayrimlari Babayanni terma jamoa oʻyinlariga noloyiq murabbiy ekanligini, u terma jamoadan koʻra koʻproq "Paxtakor" klubi manfaatlarini koʻzlab ish qilayotganidan shikoyat qilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring