Britan politsiyachisining eng soʻnggi fotosi eʼlon qilindi

PC Keith Palmer va Staci Martin Image copyright Staci Martin

Britaniya parlamentiga uyushtirilgan hujumda halok boʻlgan politsiya xodimi Kiyt Palmerning hayotligidagi esdalikka tushgan eng soʻnggi fotosurati Internetda tarqaldi.

Fotosurat AQShdan Londonga kelgan sayohatchi Stesi Martin tomonidan olingani maʼlum boʻldi.

Stesi Martin Britaniya parlamenti hovlisi darvozasida qoʻriqchilikda turgan politsiyachi Kiyt Palmer bilan hujumdan 45 daqiqacha oldin birga rasmga tushgan.

Hujumchi 52 yoshli Xolid Maʼsud deb eʼlon qilindi.

Uning Kent grafligidagi Dartford shahrida tugʻilgani, tugʻilganida Edrian Elms ism-sharifi berilgani xabar qilindi.

Shuningdek, u qator qonunbuzarliklar bilan politsiyaga maʼlum boʻlgani, hayoti davomida turli ism va familiyalar bilan oʻzini tanishtirib yurganidan politsiya xabardor ekani aytildi.

Oʻzini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruh Londondagi hujumlarga oʻzining aloqadorligi haqida bayonot tarqatdi.

Image copyright METROPOLITAN POLICE/FACEBOOK
Image caption Ikki qurbon - Kiyt Palmer va Oysha Freyd

48 yoshli politsiya xodimi Kiyt Palmer Vestminsterdagi hujumda halok boʻlgan toʻrt insondan biri boʻlgan.

Xolid Maʼsud Londondagi Parlament uyi yaqinidagi Vestminster koʻprigida oʻz mashinasini yoʻlovchilar ustiga haydagan.

Oqibatda kamida ikki kishi halok boʻlgan va koʻp kishilar jarohatlangan.

Soʻngra mashina parlament binosining panjarasiga borib urilgan.

Pichoq bilan qurollangan hujumchi parlament tomon yugurgan, ammo politsiya uning yoʻlini toʻsishga uringan.

Qurollanmagan politsiya zobiti Kiyt Palmer soʻng pichoqlangan va oʻldirilgan.

Qurolli politsiyachilar parlamentga kirishga uringan hujumchini otib oʻldirganlar.

Ushbu hujum ortidan London va Birmingemda uch ayol va besh erkak hibsga olingan.

Halok boʻlgan politsiyachi - 48 yoshli Kiyt Palmer Parlament va diplomatik korpusni qoʻriqlash qoʻmondonligida ishlagan. U 15 yil xizmat qilgan, uylangan, farzandli edi.

40 yoshlarida boʻlgan Oysha Freyd Londondagi DLD kollejida ishlagan. Uni mashina koʻprikda urib yuborgan, soʻngra kasalxonada olamdan koʻz yumgan.

Politsiyaga koʻra, 75 yoshdagi erkak kishi ham shifoxonadan hayotdan koʻz yumgan.

Politsiyaga koʻra, 50 inson jarohatlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir qolmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq