Баҳор - зимистон устидан ғалаба
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Bahoriy tengkunlik

Bahor bayrami tarixi ilk tamaddun bilan bogʻlanadi. Qadim zamonlarda odamlar quyosh va oy harakatlarini yaqindan kuzatishgan. Ular tabiatda kechadigan oʻzgarishlarning mohiyatini anglashga urinishgan.

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Milliardlab yildirki, ham hayot va ham yorugʻlik manbai Yer uzra nur sochadi.

Qariyb 8000 ming yil muqaddam ovchilik qilib va oʻt-oʻlanlar yeb kun koʻruvchi odamzod dehqonga aylanarkan, qadim tsivilizatsiyalarga tamal toshi qoʻyilgandi.

Insonlar quyoshga sigʻinishgan va undan qoʻrqishgan.

Quyoshning fasllar va inson hayotiga taʼsiri anglashilarkan, uning harakati yaqindan kuzatilgan.

Ajdodlarimiz har bahorda takror boʻladigan holatning ahamiyatini oʻrganishgan.

Har bahor ayni bir vaqtda quyosh ekvatorni kesib oʻtib, tun bilan kun teng keladi.

Shunda qorlar eriydi, daryolar qayta mavj uradi, daraxtlar kurtak yozib, atrof yashilliklarga burkanadi va tabiat uygʻonadi!

Insonlar bahorning kelishini zimiston ustidan gʻalaba ramzi sifatida nishonlashgan.

Qishloq xoʻjaligi quyosh va oyning harakatlariga qarab yoʻlga solingan.

Bahoriy tengkunlik dehqonchilik, yer haydashni boshlashga ishora deb koʻrilgan.

4000 yil oldin ilk dehqonlar yer haydashgan va egatlarga urugʻ qadaganlar, bu odat hamon saqlanib qolgan.

Bahor sogʻinchi urf-odatlarda ifoda topgan.

Suv hayot manbai sifatida koʻrilgan.

Yashil maysalar baxtiyorlik va yangilanish ramzi boʻlgan.

Olov quvvat, yaxshilik va poklanishni ifodalagan.

Bahor kelishini tantana qilish koʻplab xalqlar madaniyati bir qismiga aylangan.

Qadim maʼjusiylar bayrami afsonalar va diniy aqidalar bilan boyitilgan.

Bahor Yangi yili hamon borliqning qayta uygʻonishi oʻlaroq nishonlanadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring