"Lazgini UNESCO nomoddiy merosiga kiriting!"

Лазгига рақс тушаётган кексалар Image copyright FACEBOOK AMIRKUL KARIMOV

O'zbekistonda Lazgi raqsini UNESCOning Jahon nomoddiy merosi ro'yxatiga kiritish maqsadidagi ishlar boshlangan.Ushbu tashabbus bilan O'zbekistondagi moddiy va ma'naviy merosni asrab-avaylash va targ'ib qilish bilan shug'ullanadigan "Oltin meros" jamg'armasi chiqdi.

Jamg'arma rahbari Amirqul Karimovning Feysbukdagi sahifasida yozishicha, UNESCO ro'yxatiga taqdim etish uchun talab qilinadigan ishlar o'tgan yilning oktyabridan boshlangan va shu kunlarda nihoyasiga etkazilgan.

"Dastlab lazgi tarixi va bugungi kuni haqidagi 40 sahifalik shakl ingliz tilida to'ldirildi. So'ngra 150 sahifalik lazgi tarixi haqidagi yangi risola yaratildi. UNESCO talabi bo'yicha 10 daqiqalik film suratga olindi. Raqs bilan bog'liq 10 dona xalqona surat tanlab olindi. Ushbu materiallar UNESCOning qattiq talablari bo'yicha olimlar va mutaxassislar ko'rigidan o'tkazildi. 2017 yil 15 mart kuni Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamoat fondi UNESCO ishlari bo'yicha Milliy komissiya bilan hamkorlikda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi orqali bancha tegishli hujjatlarni UNESCO qarorgohiga yo'lladi", deb yozdi Amirqul Karimov.

"Oltin meros" jamg'armasi rahbari bundan oldin "Marg'ilon atlash va adras to'qish texnologiyasini saqlash", "Non bilan bog'liq an'analar" va boshqa nomoddiy merosimiz UNESCO ro'yxatiga tavsiya etilgan"ini ham xabar qildi.

BMTning fan va madaniyat tashkiloti hisoblangan UNESCO o'zining moddiy va nomoddiy merosi ro'yxatiga har yili dunyo xalqlarining kuy-qo'shiq, pivo pishirishga o'xshash ko'plab boyliklarini qo'shib boradi.

Navro'z bayrami va Palov pishirish ham UNESCO ro'yxatiga oxirgi yillarda kiritilgan bo'lib, bayram va taomni xalqaro tashkilot ro'yxatiga kiritishni so'rab bir necha mamlakatlar murojaat etishgan.

O'zbekiston ham bundan oldin bir necha tashabbuslar bilan chiqqan va bu tashabbuslar iliq qarshi olingan.

"O'zbek xalqi jahon tamadduni yuksakligini belgilovchi ko'plab moddiy va nomoddiy merosga ega. Hozirgacha O'zbekiston "Boysun madaniy muhiti", "Navro'z bayrami", "Shashmaqom", "Katta ashula", "Askiya ijrochiligi", "Palov va osh bilan bog'liq an'ana va qadriyatlar" kabi nomoddiy merosimizni UNESCO Jahon nomoddiy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritishga ulgurdi", deb yozadi "Oltin meros" rahbari Amirqul Karimov.

Lazgi qariyb 4000 yilllik tarixga ega va uning 9 turi hozirgacha saqlanib kelyapti.

"Oltin meros" jamg'armasi Lazgi raqsini O'zbekistonning o'zida ham ommalashtirish takliflarini ilgari surgan.

Jumladan, mamlakatda yilning bir kunini "Lazgi kuni" deb e'lon qilish, UNESCO majlisi oldidan Internetda Lazgini qo'llab-quvvatlash aktsiyasini tashkillashtirish, har bir xayrixoh lazgiga raqs tushib suratini jo'natish, katta kontsert zallaridan birida "Faqat lazgi" kontsertini o'tkazish kabi takliflar bildirilmoqda.

Sizningcha Lazgi raqsini O'zbekiston va dunyoda ko'proq ommalashtirish uchun yana nimalar qilish mumkin?

O'z fikr-mulohazalaringizni BBC O'zbek xizmatining Whatsapp, Telegram va Viberdagi sahifalariga yo'llang, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAM dagi kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.