"Toshkentdan Dushanbega ilk uchoq 4 aprelda parvoz qiladi"

"Ўзбекистон Ҳаво йўллари" авиаширкати учоғи

"O'zbekiston Havo yo'llari" shirkatidan xabar qilishlaricha, aviakompaniyaning ilk samolyoti Toshkentdan Dushanbega 4 aprel kuni ertalab parvoz qiladi.

"Toshkent-Dushanbe" reysi uchun chiptalarni sotish boshlangan.

O'zbekiston poytaxtidan ilk yo'lovchilar o'tirgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 7:20 da havoga ko'tarilishi rejalangan.

"O'zbekiston Havo yo'llari" shirkati ikki mamlakat o'rtasidagi parvozlarga Eyrbas 320 uchog'ini qo'ygan.

"Toshkent-Dushanbe" reysi haftaning har seshanba va shanba kunlari yo'lga qo'yilishi xabar qilindi.

Shu yilning 20 fevral kuni Tojikistonning "Somon Eyr" aviashirkatining ilk uchog'i O'zbekiston poytaxtiga parvoz qilishi e'lon qilingan, yo'lovchilarga chiptalar sotilgan, biroq parvoz amalga oshmagan edi.

Buning sababi O'zbekiston va Tojikiston tarafi parvozga bog'liq texnik jihatlar puxta yo'lga qo'yilmagani, bunga mas'ul bo'lgan "Somon Eyr"ning mas'ul rahbari ishdan bo'shatilgani xabar qilindi.

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi aviaparvozlar 1992 yili Tojikistondagi fuqarolar urushi bois to'xtatib qo'yilgan edi.

Ikki mamlakat poytaxtlari yoki yirik shaharlari o'rtasida aviaqatnov yo'lga qo'yilishini ham O'zbekiston va ham Tojikistonda ko'pdan buyon orzu qilishadi.

Toshkent va Dushanbe parvozlari qayta yo'lga qo'yilishi mumkinligi haqidagi xabarlar 2015 yil ham tarqalgan edi.

O'tgan yil kuzida "O'zbekiston Havo yo'llari" shirkati mas'ullari Bi-bi-siga Toshkent-Dushanbe

"Parvozlar yozgi jadvalga kiritilishi mumkin", deb aytgan "O'zbekiston Havo yo'llari" aviashirkatining Tashqi aloqalar bo'limi xodimi.

Dunyoning boshqa aviashirkatlari singari "O'zbekiston Havo yo'llari" ham yozgi va qishki jadvallar bo'yicha parvozlarini boshqaradi va yozgi jadval aprel va oktyabr oylarini, qishki jadval esa oktyabrdan aprelgacha bo'lgan vaqtni qamrab oladi.

"O'zbekiston Havo yo'llari"ning yozgi jadvali 26 martdan boshlanishi xabar qilindi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq