События в Минске: как это было
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Belarusda qanday gʻalayon boʻldi? Video

Shanba kuni Minskda tashkillashtirilgan muxolifat namoyishi kuch bilan bostirilgan. Yuzlab odamlar qoʻlga olingani aytiladi.

Minskdagi voqealar tushirilgan lavhalarda, maxsus kuchlari ayrim namoyishchilarni kaltaklaginini koʻrish mumkin.

Guvohlar xavfsizlik kuchlari ayollarni sochidan tortib, sudragani haqida ham aytishmoqda.

Ushlangan odamlarning baʼzilari jarohat olishgan. Bi-bi-si muxbiriga koʻra, ayrimlarga tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlgan.

Videotasvirlarda qalqon va kaltak bilan qurollangan maxsus kuchlar odamlarni majburan ushlab, quvlab va hatto kaltaklab, maxsus mashinalarga tiqishayotgani ham koʻrish mumkin.

Muxolifat "tekinxoʻrlar"ni nishonga oladigan maxsus farmonni bekor qilish talabi bilan mazkur namoyishni boshlagandi.

Hukumat ishlamaydigan odamlarni davlat gʻaznasiga maxsus soliq toʻlashga undaydigan qarori jamiyatda noxush qarshilandi.

Shohidlarning aytishicha, kamida bir yarim ming kishi norozilik namoyishiga qoʻshilgan.

Negaki, bir yil davomida olti oydan kam ishlagan va mehnat birjasida roʻyxatdan oʻtmagan fuqaro 230 AQSh dollari miqdorida davlatga soliq toʻlashi lozim boʻladi.

Prezident Lukashenko maxsus soliq bekor qilinmasligini aytmoqda. Biroq joriy uni hayotga tadbiq etishmaydi.

Belarus iqtisodi sobiq Sovet Ittifoqi hududida ancha tez oʻchayotganlaridan va turmush darajasi ham boshqa qoʻshnilariga koʻra balandroq sanaladi.

Mamlakatning muhim tranzit yoʻlida joylashgani ham savdo-sotiq ortidan pul topish imkonini yaratadi.

Biroq Aleksandr Lukashenko Yevropadagi soʻnggi yakkahokim davlat sifatida eʼtirof etiladi.

Uning davlatni boshqaruv usuli koʻproq Rossiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo rahbarlariga qiyoslanadi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring