Isroil zobitidan nega ko`plar gʻazabda?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Isroil zobiti falastinlikka qanday hujum qilgani akslangan video.

Falastinlik yuk mashinasi haydovchini urib-tepgan Isroil politsiyachisi dunyoda koʻpchilikni gʻazablantirmoqda.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda turli mamlakatlardan turfa tillarda qoldirilgan izohlar gʻazab hamda tanqidlarga toʻla.

Oʻzaro munozara paytida Isroil politsiyasi xodimi falastinlik haydovchiga baqirib ketadi va kalla qoʻyadi. Keyin urib, tepadi.

Ammo uning hujumi shu yerda toʻxtamaydi va oʻzini himoya qilishga uringan falastinlikning oshqozoni hamda boshini moʻljalga oladi.

Ajratishga kelgan boshqa odamlar ham Isroil zobiti hujumiga nishon boʻladilar.

Ayni hujum Sharqiy Quddusning arablar yashovchi Vadi Joz mavzesida sodir boʻlgan.

Boshqa mashinada oʻrnatilgan kamera hodisani tasvirga tushirib qolgan.

Jerusalem Post nashriga koʻra, aslida, yuk mashinasini qayerda toʻxtatish ustida bahs kelib chiqqan.

Falastinlik haydovchi Isroil zobitiga nimalarnidir tushuntirishga intilganini koʻrish mumkin.

Mazkur video internetga chiqib ketishi ortidan dunyo boʻylab juda qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda.

Isroil politsiyasi oʻz xodimi "oʻta noodatiy va haddidan oshib" harakat qilganini aytgan va uni vaqtinchalik vazifasidan chetlatgan.

Ammo Isroildagi arab siyosatchilar askarni hibsga olib, jazolashni talab qilishmoqda.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq