WhatsApp terrorchilar boshpanasimi?

"WhatsApp xizmatlaridagi yashirin kodlarni ochib oʻqish uchun josuslik xizmatlariga ruxsat berish kerak".

Ayni taklif bilan chiqqan Britaniya Ichki ishlar vaziri Ember Raddga koʻra, "terrorchilar uchun yashirinadigan joy qolmasligi lozim".

Joriy hafta Xolid Maʼsud ismini olgan kentlik Edrian Elms London markazida hujum uyushtirib, toʻrt kishini oʻldirgandi.

Anglashilishicha, zoʻravonlikka qoʻl urishidan ikki daqiqa oldin uning telefoni WhatsApp xabarlashuv tarmogʻiga ulangan boʻlgan.

Ammo muxolifatning aytishicha, hukumat qoʻlida shundoq ham katta kuch bor, davlat esa fuqarolar haqida "nimalarni bilish" va "shaxsiy hayotini kuzatmaslik" oʻrtasida muvozanatni saqlashi darkor.

"WhatsApp kabi tashkilotlar terrorchilar bemalol oʻzaro xabarlasha oladigan maxfiy boshpanaga aylanmasligi zarur" - deb aytgan Ichki ishlar vaziri.

"Josuslik xizmatlari WhatsApp xabarlari yashirin shriftlarni ochib, kirishlariga imkon yaratishimiz darkor" .

Ammo WhatsApp mazkur taklifni rad etdi va dunyodagi bir milliardlik mijozlari shaxsiy hayotini himoya qilish muhimligini aytgan.

Oʻtgan chorshanba kuni hujumchi oʻzi boshqargan mashinani Vestminster koʻprigidan oʻtayotgan piyodalar ustiga haydagandi. Ayni hujumda u 3 kishini oʻldirib, 50 nafarni jarohatlagaydi.

Keyin politsiya xodimini pichoqlab oʻldiradi va uning oʻzini ham politsiyachilar otib oʻldirishadi.

Ushbu voqealarning barchasi 83 soniya yoki bir yarim daqiqaga yetar-etmas vaqt ichida sodir boʻlgan.

Ayni damda, Vestminster hujumchisi yakka oʻzi harakat qilgani aytilayotir.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq