Futbol figʻoni: Haykal yo hayfsan?

Image copyright UFF
Image caption Oʻzbekiston bir necha bor Jahon Chempionatiga chiqishga yaqinlashib qolgan, ammo omad kulib boqmagan.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Suriyaga magʻlub boʻlgandan soʻng Facebookda kelib chiqqan tortishuvda OʻFF masʼuli murabbiylarga haykal qoʻyish kerakligini taʼkidlagan.

"Oʻzbekiston terma jamoalar markazining oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishi boʻlimiga masʼul xodimi Sherzod Egamberdiyev Oʻzbekiston terma jamoasi koʻrsatayotgan natija uchun murabbiylarga haykal qoʻyish kerakligini taʼkidladi", - deyiladi bu borada yozgan kun.uz xabarida.

Egamberdiyevga koʻra, Oʻzbekiston Braziliya emas va hozirgi erishilgan natijalar uchun murabbiylarga haykal qoʻyish kerak.

"Afsuski, biz Braziliya emasmiz. Boy Qatar yoki BAA ham emasmiz. Borimiz shu" - deb yozgan TJM masʼuli Sherzod Egamberdiyev.

"Murabbiylarimizga koʻrsatayotgan natijalari uchun haykal qoʻyish kerak. Jamoani "oʻldirmasdan", qoʻllab-quvvatlash kerak. Futbolchilar ham JChga chiqishni istaydi".

Haykal yo hayfsan?

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Suriyaga 1-0 hisobida magʻlubiyati oʻzbek futboli muxlislarini hamon gʻazablantirmoqda.

Futbol bobida Oʻzbekistonni boy davlatlar bilan taqqoslash ancha ziddiyatli boʻlishi mumkin.

Qolaversa, dunyoda ulkan muvaffaqiyat qozonayotgan qator davlatlar boylar sirasiga kirmasligini oʻzbekistonlik ishqibozlar yaxshi bilishadi.

Oʻzbekiston futboli esa hali Sovet davridan beri kuchli maktabga ega boʻlib kelgan.

Ular hali kuni-kecha turli ijtimoiy tarmoqlarda oʻz fikrlarini bayon etib, Jahon Chempionatiga chiqish uchun murabbiyni almashtirishni talab qilishgandi.

Shuningdek, koʻcha-koʻyda ham oʻz noroziliklarini izhor etgan muxlislar oz emasdi.

Oʻzbek futbol jonkuyarlari har gal terma jamoasi yutqazganida dard-alamini internetda toʻkib sochishadi.

Ammo bu safar mana uchinchi kunki, gʻazabnok izohlarning oxiri koʻrinmayapti.

Aksariyat bosh murabbiy Samvel Babayanning isteʼfosini talab qilishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir suratda Toshkentda roʻyxatdan oʻtgan Lasetti rusumli mashinaga Babayanga qarshi soʻzlar bitilgan plakat yopishtirib olinganini koʻrish mumkin.

Oʻzbek futboli mintaqada eng kuchlisi, ammo Jahon Chempionatida toʻp surish orzusi halicha amalga oshmayapti.

Har safar orzular haqiqatga aylanishiga yaqin qolganida umidlar chippakka chiqmoqda.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu hikoyani baham koʻring Baham koʻrish haqida

Bu mavzuda batafsilroq