Rossiya: Namoyish ishtirokchilari ozod qilinsin

rossiya Image copyright Getty Images

Ovro'po Ittifoqi yakshanba kuni Rossiya bo'ylab o'tgan namoyishlarda qo'lga olinganlarni kechiktirmasdan qo'yib yuborishga chaqirdi. AQSh Davlat departamenti namoyishchilar o'z huquqlarini qo'rquv va jazolarsiz amalga oshirish imkoniyaga ega bo'lishi kerakligini aytib chiqqan.

Namoyishchilar korrupsiyada ayblashlar ortidan Bosh vazir Dmitriy Medvedov iste'fosini talab qilishgan.

Norozilik namoyish tashkilotchisi va qo'lga olinganlardan biri Rossiya muxolifat lideri Aleksey Navalniy dushanba kuni mahkama qarshisiga chiqqan.

Navalniy Tverskiy mahkamasidan tvit yozgan.

"Hammaga Tverskiy sudidan salom. Biz ularni mahkamaga tortadigan vaqt ham keladi", - degan u.

Yana u namoyishlarning bosh tashkilotchisi sifatida Medvedov mahkamaga chaqirilishi kerakligini aytgan.

Aleksey Navalniy taqiqlangan namoyishlar tashkil qilish aybi bilan jarimaga tortilishi va 15 sutkaga qamalishi mumkin.

Yakshanba kungi namoyishlarda Sankt-Peterburg, Vladivostok, Novosibirsk, Tomsk va Moskva dohil bir necha shaharlarda minglab odamlar ishtirok etgan. Kamida 600 namoyishchi qo'lga olingan. Huquq himoyachilari qo'lga olinganlar mingdan ortiqligini aytmoqda.

Norozilik marshlarining asosiy qismi rasmiylardan ruxsat olinmasdan amalga oshirilgan.

Namoyishlardan olingan video tasvirlarda "Putin ketsin!", "Rossiya Putinsiz!", va "Putin o'g'ri!" kabi plakatlarni ko'rish mumkin.

Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, namoyishlar 2011-2012 yildan so'ng eng yirigi bo'lgan.

Protestlarga muxolifatchi Navalniyga qarashli "Korrupsiyaga qarshi jamg'arma" tomonidan Bosh vazir Dmitriy Medvedovga tegishli ekanligi aytilayotgan mol-mulk borasida o'tkazilgan surishtiruv sabab bo'lgan.

Medvedov surishtiruvga izoh bermagan, faqat Navalniyni Instagramda bloklagan.

Bosh vazir matbuot kotibi Natalya Timakova material prezidentlik saylovlarri oldidan tashviqot xarakteriga ega ekanligini aytgan.

"Muxolifatchi va sudlangan hamda saylovoldi kampaniyasi o'tkazib hukumat uchun kurashayotgan odamning tashviqotga asoslangan hamlalariga izoh berishdan ma'no yo'q", - degan u.

Moskva hokimiyati Tverskiy ko'chasidagi namoyishlarga ruxsat bermagan. Shunga qaramasdan odamlarga unda ishtirok etgan. Politsiya ularning sonini 8 ming degan. Muxolifat 25-30 ming odam ishtirok etganini aytayapti. Kuzatuvchilar 15 ming ishtirokchi qatnashganini bildirmoqda.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring