Futbol: O'zbekiston 1 - 0 Qatar

футбол Image copyright UFF

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qatarni 1-0 yutib Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan. Uchrashuvdagi yagona golni Odil Ahmedov kiritgan. O'zbekiston asosiy raqibi Janubiy Koreyadan bir ochko ortda bormoqda.

Poytaxtdagi "Bunyodkor" stadionida kechgan o'yin teng kurashlar ostida o'tgan. O'zbekiston termasi a'zosi Odil Ahmedov uchrashuvning 66 daqiqasida g'alaba golini kiritgan.

G'alaba bilan O'zbekiston terma jaomisi guruh bosqichlarida ochkolar sonini 12 taga yetkazib olgan. O'zbekistondan yuqorida ketayotgan Janubiy Koreya hisobida 13 ochko bor. Guruhni boshqarib ketayotgan Eron 17 ochko bilan asosiy raqiblarini ishonchli tarzda ortda qoldirmoqda.

Guruhdan ikki jamoa 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga to'g'ridan to'g'ri chiqishi mumkin. Uchinchi o'rinni olgan jamoa Jahon chempionatiga chiqish uchun yana qo'shimcha o'yinlarda raqiblarni yengishi kerak bo'ladi.

O'tgan turda Malayziyada bo'lib o'tgan o'yinda Suriya terma jamoasiga yutqazgan O'zbekiston muxlislarning g'azabiga duchor bo'lgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda va Toshkent ko'chalarida terma jamoa Bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste'fosini so'rovchilar bo'ldi.

O'zbekiston Futbol federatsiyasi mas'uli Sherzod Egamberdiyev, bu kabi sharoitlarda jamoalarni boshqarayotgan o'zbekistonlik murabbiylarga haykal qo'yish kerakligini aytgan.

Muxlislarning tanqid va talablariga O'FF hech qanday munosabat bildirmagan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring