O‘zbekiston Qozog‘istonga palov eksport qiladi

Палов Image copyright Sputnik

O'zbekistonlik tadbirkorlar Qozog'istonga konservalangan palov yetkazib berish bo'yicha 1 million dollarlik shartnoma imzolagan. Ushbu mahsulotga Qozog'istonda talab ortib borayotgani aytilmoqda.

O'zA axborot agentligining yozishicha, konservalangan palov eksport qilish bo'yicha shartnoma Shavkat Mirziyoyevning 22-23 mart kunlari Ostonaga qilgan tashrifi doirasida imzolangan.

"Unison Group" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rumiya Abaydulinaning O'zAga aytishicha, Ostona shahrida o'tkazilgan O'zbekiston Milliy sanoat ko'rgazmasi g'oyat samarali bo'lgan.

"Qozog'istonning «Agro Max Astana», «Darjan Grupp» va boshqa qator savdo majmualari bilan konservalangan o'zbek palovi yetkazib berish bo'yicha qariyb 1 million dollarlik shartnoma imzoladi. Mahsulotimizga Qozog'istonning qator savdo korxonalari tomonidan talab tobora ortib bormoqda", - degan u.

Mirziyoyevning Qozog'istonga tashrifi doirasida Ostona shahrida O'zbekiston Milliy sanoat ko'rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo'lib o'tgan. Unda O'zbekiston va Qozog'istonning 500 dan ortiq ishbilarmonlari ishtirok etgan. Ularning yakunlari bo'yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo'lgan savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolangan.

Rossiya va Qozog'istondan neft importi

Ostonada bo'lib o'tgan biznes-forum davomida "O'zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi Qozog'istonning "Kazmunaygaz", "Kaztransgaz" va "Kaztransoyl" kompaniyalari bilan muzokaralar olib borgan.

Ushbu uchrashuvlar davomida orasida Omsk-Pavlodar-Chimkent neft quvuri tarmog'i orqali neftni O'zbekistondagi qayta ishlovchi zavodlarni xomashyo bilan ta'minlashga oid shartnoma imzolangan.

Shartnoma broshlanishiga yiliga bir million tonna Qozog'iston va Rossiya neftini O'zbekistonga yetkazib berishni nazarda tutadi. O'zbekiston ushbu neft hajmini keyinchalik yiliga besh million tonnagacha ko'tarmoqchi. Qozog'iston va Rossiya neftni qayta ishlash uchun Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlangan.

Zavod 2020 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

O'zbekistonda neft qazib olish yildan yilga tushib ketayotgani aytiladi. Shu bilan birga mamlakat ichida uni iste'mol qilish ortib bormoqda.

Rasmiy malumotlarga ko'ra, 2002 yili 7 milion 240 ming tonna neft va gaz kondensati qazib olingan bo'lsa 2012 yilga kelib ushbu ko'rsatgich 3 million 170 ming tonnaga tushib ketgan. Shundan neft qazib olish esa 2,6 foizga tushib ketgan va 2013 yili 1 million 560 ming tonna neft qazib olingan.

O'zbekiston bir yilda qariyb 4 million tonna neft iste'mol qiladi. Mutaxassislar O'zbekistondagi neftni qayta ishlovchi zavodlar hozirgidan katta miqdorda neftni qayta ishlash salohiyatiga ega ekanligini aytishadi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiringO'zbekiston Qozog'istonga palov eksport qiladi

Bu mavzuda batafsilroq