Samsung - Galaxy S8 Iphone 7 dan zo'rmi?

Image copyright PA
Image caption Samsung - Galaxy S8 Iphone 7 dan zo'rmi?

Samsung - Galaxy S8 mobil telefonidan menyu tugmachasi "g'oyib" bo'lgan, ammo Bixby - ovoz dasturi bor, bu esa Apple shirkatining Siri qurilmasiga o'xshashdir.

Yangi rusumdagi S8 va uning «akasi» S8+ ekranlari avvalgi S7/S7 Edge ekranlaridan kattaroq, ammo telefonning o'zi kichikroq.

Ammo so'nggi yillar Samsung shirkatining boshiga kulfatlar ketma-ket yog'ilib turdi.

Avvaliga Galaxy Note 7 plansheti bilan muammo paydo bo'ldi.

Planshet batereyalari yonib ketadigan odat chiqardi, keyin esa shirkatning rahbariyati korruptsiya mojarosi markazida qoldi. Bu o'z navbatida Janubiy Koreya prezidentiga ishonchsizlik bildirishga sabab bo'ldi.

Samsung o'zining Galaxy Note 7 planshetini o'tgan yil avgust oyida taqdim qildi.

Avvaliga batareyalardagi nosozlik oqibatida planshetlar kuydi ham, yondi ham…keyinroq bir nechtasi portlab ham ketdi.

Uchoqlarda bu planshetlar bilan parvoz taqiqlandi.

Samsung Qaqnusmi?

Image copyright Reuters
Image caption Samsung

Kuysa ham, yonsa ham va hatto portlasa ham o'tgan yil Samsung mobil telefonlar savdosida liderlikni qo'ldan bermadi.

Ammo yilning so'nggi choragiga kelib Apple o'zib ketdi.

Displey, displey…

"Galaxy S8 - ehtimolki shirkatning so'nggi o'n yil ichida chiqargan eng muhim mahsulotidir, ammo Note 7 bilan bog'liq muammolardan keyin yangi telefonning har bir zarrasi obdon tekshiriladi", deydi CCS texnologiya shirkatidan Ben Vud.

"S8 - shubhasiz juda mustahkam mahsulot, ammo Samsung endilikda ayni telefonni imkon qadar benuqson qilishi kerak, bu aksariyat mijozlarning shirkat mahsulotlari bilan bog'liq muammolarni unutishiga yordam beradi".

Galaxy S8 displeyi 14,7 sm, S8+ kattaroq - 15,7 sm.

Samsung logosi faqat telefonning orqa qismida qolgan.

Image copyright PA
Image caption Samsung logosi faqat telefonning orqa qismida qolgan.

Menyu esa interaktiv displeyning bir qismiga aylang

Bu smartfon ham Android sistemasida ishlaydi.

Samsungning ishontirishicha, ekranning kattaroq bo'lgani bir vaqtning o'zida ikkita aplikatsiyada ishlash imkonini beradi.

Displey esa yana ham yorqinroq.

Yangi smartfon avvalgilariga nisbatan yupqaroqdir, shuning uchun shirkatga ko'ra, endi S8dan bir qo'l band bo'lsa, ikkinchi qo'l bilan ham foydalanish mumkin.

"Salom, Bixby!"

S8 smartfonidagi yana bir yangilik - Bixby. Bu qurilma Siridan ko'p ham farq qilmaydi.

Aslida Siri Inc S8dagi "ko'rinmas yordamchi" paydo bo'lishiga ko'maklashgan.

Bixby qurilmasi bilan siz telefondagi bir necha aplikatsiyalarni ishga solishingiz mumkin: fotogaleriyani ochish, mesenjerlardan foydalanish va ob-havoni so'rash mumkin…

Tasavvur qiling, do'kondasiz va kamerani krossovkaga qaratdingiz, tamom, Bixby sizga ayni shu oyoq kiyimi internet do'konlarda qanchaga sotilayotganini aytib beradi.

Ammo hozircha Bixby faqat koreyscha va inglizcha "tushunadi", xolos.

Kameraga gap yo'q..mi?

Kameraning old tarafi 8 megapiksel, orti esa 12 megapiksel, ammo grafika avvalgi smartfonga nisbatan 21 foizga yaxshilangan. Protsessor ham 10 foizga o'zgargan.

Samsung shuningdek, batareyalar "umri uzoqroq" bo'lishini da'vo qiladi.

Smartfon nafaqat barmoq izlaringizni, balki qorachag'ingizni ham taniydi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.an.