AQSh Shimoliy Koreyani oʻzi "hal" qilmoqchi

Tramp Image copyright AFP

AQSh Prezidenti Donald Tramp ularga Xitoy yordam bermagan taqdirda ham Shimoliy Koreya masalasini oʻzlari hal qilishga tayyor ekanligini bildirgan. Tramp "hal qilish" deganda nimani nazarda tutganiga izoh bermagan.

"Agar Xitoy Shimoliy Koreya muammosini yechishni istamasa, bu ishni biz qilishimiz mumkin. Sizlarga aytadigan gapim shu", - degan Tramp Financial Times nashriga bergan intervyusida.

U rasmiy Pekinning Pxenyanga katta taʼsiri borligini taʼkidlagan.

"Xitoy Shimoliy Koreya masalasida yo yordam beradi yoki bermaydi. Agar ular bu ishni amalga oshirishsa, bu Xitoy uchun yaxshi, agar yordam bermasa - hech kimga yaxshi boʻlmaydi", - degan u.

Jurnalistning ushbu gap Shimoliy Koreyaga nisbatan Amerika tomonidan bir tomonlama harakat boʻlishi mumkinligini anglatadimi, degan savoliga Tramp "Men boshqa gapirishga majbur emasman. Mutloqo", - deya javob bergan.

AQSh Prezidenti Pxenyan ishini qanday maʼnoda hal qilishi mumkinligiga ochiqlik kiritmagan.

Trampning Shimoliy Koreya borasidagi gapi uning Xitoy Xalq Respublikasi Prezidenti Si Tszinpin bilan uchrashuviga bir necha kun qolganda yangramoqda. Bu xalqaro jamoatchilikning qarshiliklariga qaramasdan yadro qurolini takomillashtirishda davom etayotgan Pxenyanga yana bir ogohlantirish sifatida baholanmoqda.

Payshanba kuni Donald Tramp va Si Tszinpinning birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtishi kerak. Davlat rahbarlari Trampning Floridadagi qarorgohida muzokaralar olib boradi.

Vashington Shimoliy Koreya alal-oqibat Amerika hududlarigacha uchib bora oladigan raketa yadro qurolini ishlab chiqishidan xavotirga tushgan.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson mart oyida Seulga qilgan tashrifida, AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan "strategik sabr" siyosati tugaganini bildirgandi. Pxenyanga nisbatan kuch ishlatilishi mumkinmi, degan savolga u AQSh barcha variantlarni koʻrib chiqayotganini aytgan.

Shundan soʻng Shimoliy Koreya Soxe harbiy poligonida yanada balandga tortuvchi yangi raketa dvigateli sinovini oʻtkazgani maʼlum boʻldi. Mart oyida Shimoliy Koreya 4 ballistik raketa uchirdi va uni Amerikaning Yaponiyadagi harbiy bazalariga beriluvchi zarba oldidan repetitsiya, deya atadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq