Oʻzbekistonda xususiy tibbiyot faoliyati kengayadi

doʻxtirlar Image copyright Corbis Royalty Free

Prezident Mirziyoyev chiqargan yangi qarorga koʻra, xususiy tibbiy muassasalar faoliyati kengayadi. Oldin 117 tibbiy faoliyat turlaridan faqat 50 tasiga xususiy klinikalar xizmat koʻrsatgan. Yangi qaror boʻyicha xususiy klinikalar ayrim cheklovlardan tashqari deyarli barcha tibbiy sohada xizmat koʻrsatishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni "Xususiy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzolagan. Qarorning ruscha matni OʻzA xabar agentligi saytida chop qilingan.

Podrobno.uz ning yozishicha, qaror xususiy sektordagi tibbiyotchilarga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

"Ruxsat berilgan tibbiy xizmatlar koʻrinishlariga ehtiyoj oʻta katta boʻlgan kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, anesteziologia reanimatologiya, gelmintologiya, interventsion kardiologiya (yurak tomirlarini moslama orqali tozalash) va boshqa murakkab jarrohlik turlari kiritildi", - deyiladi xabarda.

Bundan oldingi qonun hujjatlarida xususiy tibbiyot uchun ruxsat berilgan tibbiy xizmat turlari keltirilgan boʻlsa, yangi qarorda faqat davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida amalga oshirilishi kerak boʻlgan tibbiy xizmat turlari keltirilgan. Taqiqlanmagan boshqa tibbiy faoliyat turlari xususiy klinikalarda amalga oshirilishi mumkin.

Faqat davlat tibbiy muassasalarida xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan faoliyat turlari inson hayoti uchun oʻta tahlikali sohalar bilan bogʻliq. Bunga oʻta xavfli va yuqumli kasalliklar, toksikologik, venerik, ruxiy xastaliklar, 1 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar xastaligi, tugʻdirish, homilani olib tashlash, inson aʼzolarini koʻchirib oʻtqazish, qon olishni tashkillashtirish va boshqa shu kabi muhim xastaliklar kiritilgan.

Qarorda shuningdek, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlardagi tibbiy markaz hamda klinikalar bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda yirik muolaja-tashxis muassasasi qurish koʻrsatilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring