Oʻzbekiston: urush faxriylari 2000000 soʻm oladi

O'zbekistonlik keksalar Image copyright UMIDA AKHMEDOVA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may bayrami munosabati bilan Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchilariga 2000000 soʻmdan mukofot puli berish haqida farmon imzolagan.

Shuningdek, bu yil 9-may kuni Toshkent shahrida mushak otishga ham buyruq berilgan.

SSSR zamonida Ulugʻ Vatan urushi deb nomlangan va bu urushda Germaniya fashizmi ustidan qozonilgan Gʻalaba bayrami sifatida nishonlab kelingan 9-may nomi oʻzgartirildi.

Marhum prezident Islom Karimov taklifi bilan Oʻzbekistonda 9-mayga Xotira va Qadrlash kuni deb nom berildi.

Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida 9-may harbiy parad sifatida bayram qilingan va bugungi kunda ham qator mamlakatlar, xususan, Rossiyada harbiy qudratni namoyish etish bayrami sifatida ham nishonlanadi.

Oʻzbekistonda esa harbiy parad va salyutlardan voz kechilgan, 9-may oʻz vatanini himoya qilib halok boʻlgan insonlarni xotirlash va tiriklarga izzat-hurmat koʻrsatish kuni sifatida nishonlangan.

Bu yil Prezident Mirziyoyev 9-may bayrami munosabati bilan bir farmon va bir qaror imzolagan.

Farmonga binoan urush ishtirokchilari va nogironlariga 2000000 soʻm(266 AQSh dollari) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idorlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy, maʼnaviy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatish zarurligi taʼkidlangan Oʻzbekiston prezidenti qarorida.

Koʻmaklar tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar tomonidan tashkillashtirilishi aytilgan.

Qarorga koʻra, yolgʻiz va kam taʼminlangan urush qatnashchilarining uylarini taʼmirlash, obodonlashtirish hamda oʻzining uy-joyiga ega boʻlmaganlarga turar joy ajratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring