Oʻzbekiston-Rossiya: savdo aylanmasi 260 foiz oʻsgan

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivoji yuqori ekanidan xushnudliklarini bildirganlar.

Image copyright Reuters

4 aprel kuni Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya vazirliklari, idora va tashkilotlari oʻrtasida qator shartnomalar imzolangan.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi jami kelishuvlarning qiymati 16 milliardni tashkil etgani haqida aytgan Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Ochilboy Ramatov.

Image copyright AFP

Kremlda Prezident Mirziyoyevni olqishlar ekan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin janob Mirziyoyev Oʻzbekiston rahbari boʻlganidan buyon "savdo-iqtisodiy aloqalar salmoqli rivojlanayotganining guvohi boʻlayotganlari"ni aytgan.

"Shuni taʼkidlash lozimki, umuman biz savdo aylanmamizni yuqori darajada ushlab turibmiz, baʼzi pozitsiyalar boʻyicha esa hayratlanarli darajada oʻsayapti", deb aytgan Prezident Putin.

Image copyright AFP

"Hatto 260 foiz ham bor", deya qoʻshimcha qilgan Prezident Mirziyoyev.

Rossiya rahbari soʻzlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo oʻsishi, ayniqsa, yengil sanoat va qishloq xoʻjaligida koʻproq kuzatilgan.

Rossiya bozorlariga Oʻzbekiston mahsulotlarini yetkazish ikki baravar ortgani qayd etilgan.

Image copyright AFP

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Putin bilan 2016 yil sentyabrida Rossiya rahbari Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ruhiga hurmat bajo keltirish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurgan paytida "oʻzaro ishonchli, ochiq suhbat" boʻlganini aytgan.

Image copyright AFP

Prezident Mirziyoyev Moskva shahrida Islom Karimovga haykal va xiyobon nomini atashga qaror qilingani uchun Prezident Putinga minnatdorlik bildirgan.

Image copyright AFP

Prezident Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi portlashni qoralagan, metrodagi portlashda halok boʻlganlarning yaqinlari, jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan.

Image copyright AFP

Oʻzbekiston rahbari terrorizmga qarshi "birgalikda juda shafqatsiz choralar" koʻrishga chaqirgan.

Image copyright AFP

Afgʻonistondagi tinchlik Oʻzbekiston uchun muhim ekanini urgʻulagan Prezident Mirziyoyev Rossiyaning Afgʻonistonga tinchlik keltirish maqsadida qilayotgan saʼy-harakatlarini Oʻzbekiston dastaklaydi, deb aytgan.

Kremlda Rossiya prezidenti nomidan Prezident Mirziyoyev sharafiga tantanali ziyofat berilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring