Yevroparlament Ukrainaga vizasiz tartibni maʼqulladi

Poroshenko Image copyright Getty Images
Image caption Prezident Poroshenko Yevropa parlamentining qarorini olqishlagan

Yevropa parlamenti deputatlari payshanba kungi yalpi majlisda Ukraina fuqarolarining Shengen hududiga vizasiz safar qilishlariga imkon beruvchi qarorni aksariyat koʻpchilik ovoz bilan maʼqullashgan.

Endilikda Ukraina bilan vizasiz tartib Yevropa Ittifoqi Kengashiga havola etiladi.

Qaror Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan soʻng kuchga kiradi.

YeI va Ukraina oʻrtasida viza tartibini bekor qilishga doir muzokaralar 2008 yilda boshlangandi.

Rasmiy Bryusselning eʼtirof etishicha, oʻtgan vaqt mobaynida Ukraina oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan.

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko Yevropa parlamentining qarorini olqishlagan.

Ukrainani Yevroittifoqqa aʼzo qilish Poroshenkoning eng katta saylovoldi vaʼdalaridan bittasi edi.

Joriy yilning fevralida Yevropa Ittifoqi Gruziya fuqarolari uchun vizani bekor qilgan edi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring