Мирзиёев Москвада. Протокол бузилдими?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mirziyoyev Moskvada. Protokol buzildimi?

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi mobaynida uni Vnukovo aeroportida Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin kutib olgani savollar tugʻdirmoqda.

Baʼzilar "bu diplomatik protokolning qoʻpol buzilishi" desalar, boshqalar "aslida shunday boʻladi, rahbarlar bilan kechroq uchrashiladi" deyishmoqda.

Tahlilchilar "Kreml Oʻzbekiston rahbariyatiga ziddiyatli signallar bermoqda" degan fikrdalar.

Videolarimizni BBC O'ZBEK Youtube kanalida tomosha qiling.

Oʻzbekiston Prezidentining Moskvaga davlat tashrifi mobaynida uni kutib olgan shaxs maqomi savollar tugʻdirmoqda

Rassom Tuz FBda: "Shavkat akani kutib olgani chiqqan odamning ahvolini qaranglar".

"Hurmatsizlarcha protokolning buzilishi".

FBdan: "Umuman olganda, davlat rahbarlarini aeroportda prezident emas, boshqa amaldorlar kutib oladi".

"Hech boʻlmaganda omma taniydigan odam boʻlishi kerak edi".

Sher October: "Vnukovodagi holat Oʻzbekiston tomon tupurish. Mirziyoyevni kutib olgan shaxs davlat tashrifi vaqtida davlat rahbarini kutib oladigan mavqeda emasdi".

"Shartta uchoqqa oʻtirib, qaytib ketishi mumkin edi. Lekin xalqiga keladigan manfaatni oʻylab bunday qilmadi. Hurmatga sazovor".

Usman Buriev: "Shartta ortga qaytib ketishga haddi sigʻmasdi. Putin-Usmonov-Gazmrom nima desa shuni qiladi".

Kamoliddin Rabbimov, sharhlovchi: "Tashrif mobaynida Shavkat Mirziyoyevga umumiy hurmat-ehtirom koʻrsatish marosimi yuqori darajada tashkil qilingan".

"Ayni paytda, ushbu tashrif jarayonida rasmiy Kremlь tomonidan Oʻzbekiston yangi hokimiyatiga ziddiyatli signallar berildi deyish mumkin".

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring