AQSh Suriyaga raketalar bilan hujum qildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
AQSh raketalari Suriyani nishonga oldi

AQSh kimyoviy hujumga javob sifatida Suriya havo bazasini raketalar bilan bombaladi. "Tomagavk" rusumli 59 qanotli raketa Amerikaning Oʻrta yer dengizidagi harbiy kemalaridan uchirilgan. Prezident Donald Tarmp raketalar Xoms shahridagi Shayrat havo bazasini nishonga olganini bildirgan. Suriya armiyasiga koʻra, hujumlar natijasida 6 kishi halok boʻlgan va katta miqdorda moddiy yoʻqotish boʻlgan.

Bu Suriyada urush boshlanganidan beri Prezident Asadga qarshi AQSh tomonidan ilk harbiy amaliyotdir.

Suriya hukumatini qoʻllab kelayotgan Rossiya hujumlarni qoralagan.

Prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu hujumlarni "mustaqil davlatga nisbatan agressiv harakat" deya baholagan.

"Prezident Putin Amerika tomonilan Suriyaga qilingan zarbalarni oʻylab topilgan sabab bilan xalqaro huquq meʼyorlarini buzgan holda suveren davlatga nisbatan agressiya deb hisoblaydi. Bu qadam shu vaqtgacha ham nochor ahvolda boʻlgan Amerika-Rossiya munosabatlariga jiddiy zarar beradi", - degan Peskov.

Image copyright Getty Images

Idlib viloyatidagi Xon Sheyxun shahriga boʻlgan kimyoviy hujum bolalar dohil oʻnlab odamning umriga zomin boʻlgan edi. Kimyoviy hujumdan bir necha kun oʻtib payshanba kuni mahalliy vaqt bilan tonggi 4:40 da Amerika raketalari Asad havo bazalarini nishonga olgan.

Floridadagi qarorgohidan turib gapirgan Donald Tramp Bashar Asadni "begunoh fuqarolarga kimyoviy hujum uyushtirgan diktator" deb atagan. U kimyoviy qurollar ishlatishning oldini olish maqsadida "Amerika milliy xavfsizlik manfaatlari" yoʻlida harakat qilganini bildirgan.

"Bu kecha men barcha millatlarni Suriyadagi qon toʻkilishi va odamlarning oʻlishiga hamda har qanday koʻrinishdagi terrorizmga barham berilishiga guvoh boʻlishga chaqiraman", - degan u.

Britaniya hukumati AQSh bombalarini "yovvoyilarcha qoʻllanilgan kimyoviy hujumlarga mos javob" deya baholagan.

Mintaqada yana bir taʼsirli davlatlardan biri Eron ushbu hujumlarni qoralab chiqqan. Eronga koʻra bu kabi bir tomonlama hujumlar mintaqadagi jangarilarni kuchaytiradi va vaziyatni chigallashtiradi.

Image copyright AFP
Image copyright EPA

Pentagonning xabar berishicha, Suriya hukumat kuchlarini qoʻllab quvvatlovchi Rossiya harbiylari raketalar uchirilishidan oldin ogohlantirilgan.

Bayonotdan maʼlum boʻlishicha, dengizdan uchirilgan raketalar Shayrat aerodromidagi uchoqlar, angar, qurol-yaroq zahiralari va radarlarni nishonga olgan.

Pentagon Suriya armiyasi tomonidan kimyoviy hujum uyushtirgan uchoqlarni kuzatganini va aynan Shayrat aerodromidan foydalanganini bilgani uchun uni bombalaganini aytgan.

5 apreldagi kimyoviy hujum

5 aprel kuni ertalab Idlib viloyatining Xan-Shayxun shahridagi bombardimonlar natijasida oʻnlab odamlar halok boʻlgan.

Qurbonlarning koʻpchiligida ogʻir kimyoviy zaxarlanish asoratlari kuzatilgan.

Suriya harbiylari kimyoviy qurol ishlatganini rad etmoqda.

Ularga koʻra, zaharli gazlar Al-Qoidaga aloqador "Hayyat Tahrir ash-Shom" guruhi tomonidan ishlatilgan.

Rossiya harbiylarining farazicha, Suriya havo kuchlari jangarilarning kimyoviy qurol saqlangan yirik omborini nishonga olgan.

Turkiyada oʻtkazilgan tekshiruvlar Suriyaning Idlib viloyatida tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol ishlatilganini tasdiqlagan.

Suriya harbiylari kimyoviy qurol ishlatganini rad etmoqda.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Suriya shimolida kiyoviy hujum

Bizni Telegram orqali ham kuzatib boring: https://t.me/bbcuzbek

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring